O‘qitish materiallari to‘plami tarkibi


PCI shinasi (Peripheral Component Interconnect



Download 10,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/211
Sana01.01.2022
Hajmi10,58 Mb.
#290128
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   211
Bog'liq
Raqamli multimedia axb nashr qilish 11 texn

PCI shinasi (Peripheral Component Interconnect, tashqi komponentlarni ulash) – turli xil 
qurilmalarni ulash uchun eng keng tarqalgan va universal interfeys. 1993-yil Intel firmasi 
tomonidan ishlab chiqilgan. PCI shinasi VLB ga qaraganda ancha universal bo‗lib, 10 tagacha 
qurilmani ulash imkonini beradi. 80486 dan zamonaviy Pentiumgacha bo‗lgan har qanday 
protsessor bilan ishga sozlanish imkonini beruvchi o‗zining adapteriga ega. PCI ning taktlash 
chastotasi – 33 MHz, razryadligi 64 bitgacha kengaytirish imkoni bilan ma‘lumotlar uchun 32 
razryad va manzillar uchun 32 razryadni tashkil qiladi. O‗tkazish xususiyati nazariy 132 Mbayt/s, 
64-bitli variantda esa 264 Mbayt/s. PCI lokal shinasining 2.1 modifikatsiyasi 66 MHz gacha 
taktlash chastotasida ishlaydi va 64 razryadlida 528 Mbayt/s gacha o‗tkazish xususiyatiga ega. Plug 
and Play, Bus Mastering va adapterni avtokonfiguratsiyalash ish tartibini qo‗llash amalga 
oshirilgan.
 
Bitta PCI shinasida to‗rtta qurilmadan (slotlardan) ortiq bo‗lishi mumkin emas. PCI shinasining 
ko‗prigi (PCI Bridge) – bu PCI shinasini boshqa shinalarga ulashning apparat vositasidir. Host 
Bridge, ya‘ni asosiy ko‗prik PCI ni tizim shinasiga (protsessor shinasi yoki protsessorlar) ulash 
uchun ishlatiladi. Peer-to-Peer Bridge – bir rangli ko‗prik – ikkita PCI shinasini ulash uchun 
ishlatiladi. Ikkita va undan ko‗p PCI shinasi kuchli shimoliy platformalarda qo‗llaniladi, chunki 
qo‗shimcha PCI shinasi ulanadigan qurilmalar sonini oshirish imkonini beradi.
 
PCI shinasi hamma almashuvni paket ko‗rinishida izohlaydi: har bir kadr manzil fazasidan 
boshlanadi, bu faza izidan bir yoki bir nechta ma‘lumotlar fazasi kelishi mumkin. Paketda 
ma‘lumotlar fazasi soni noma‘lum, ammo qurilmaning shinadan foydalanishining maksimal vaqtini 
aniqlovchi taymer bilan cheklangan. Har bir qurilma shaxsiy taymeriga ega.
 


Har bir almashuvda ikkita qurilma – almashuv tashkilotchisi (Inisiator) va maqsadli qurilma 
(Target) qatnashadi. Shinadan foydalanishga bo‗lgan so‗rovlar arbitraji bilan tizimli plata 
chipsetining tarkibiga kiruvchi maxsus funksional bog‗lama shug‗ullanadi.
 
Tizimli platadagi shina razyomi konstruktiv ravishda har biri 64 kontaktli ketma-ket joylashgan 
ikkita seksiyadan (har biri o‗zining kaliti bilan) iborat. Bu interfeys yordamida tizimli plataga 
videokarta, tovush kartasi, modemlar, SCSI kontrolleri va boshqa qurilmalar ulanadi. Ko‗pincha 
tizimli platada bir nechta PCI razyomi bo‗ladi. PCI shinasi lokal shina bo‗lsa ham kengaytirish 
shinasining ko‗pgina funksiyalarini bajaradi. ISA, EISA, MCA kengaytirish shinalari PCI shinasi 
bor bo‗lsa, bevosita protsessorga emas (VLB shinasidan foydalanilganga o‗xshab), balki PCI 
shinasining o‗zig a (kengaytirish interfeysi orqali) ulanadi. Masalaning bunday hal qilinishi tufayli 
shina protsessorga nisbatan mustaqil va protsessorga so‗rovlar bilan murojaat qilmasdan uning 
shinasi bilan parallel ishlay oladi. Shunday qilib, protsessor shinasining yuklamasi kamayadi. 
Masalan, protsessor tizim xotirasi yoki kesh-xotira bilan ishlayapti, bu vaqtda esa tarmoq orqali 
qattiq diskka axborot yozilyapti.
 
Boshqa shinalarning adapteridan farqli ravishda PCI kartasining komponentlari plataning chap 
yuzasida joylashgan. Shu sababli oxirgi PCI-sloti adapterning o‗rnatilish joyidan foydalanishni 
qo‗shni ISAsloti (Shared slot) bilan bo‗lishadi.
 
Uch o‗lchamli grafikani quvvatlovchi Pentium III, undan keyin Pentium IV protsessorlarining 
yaratilishi video ma‘lumotlarni uzatish bilan bog‗liq bo‗lgan PCI shinasining yuklamasini 
kamaytirishni talab qildi. Intel firmasi PCI ni takomillashtirdi va AGP magistral interfeysini 
qo‗shdi.
 

Download 10,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish