1-NI
Mavzu: Unli tovushlar va harflar.
Maqsad: O’quvchilarning unli tovushlar va harflar yuzasidan bilim , ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash.
Nazorat shakli : Diktant
Bog’chada
Anvar hali yosh. Opasi Yulduz uni bog’chaga olib boradi. Bog’chada uning o’rtoqlari ko’p. Ular bir-birlari bilan juda ahil. (20 so’z)
2-NI
Mavzu: Harf birikmalari, ularni satrdan satrga ko’chirish.
Maqsad:Harf birikmasi bilan yozilgan so’zlarni to’g’ri yozish va bo’g’inlarga bo’lish yuzasidan bilim , ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash.
Nazorat shakli: Diktant
Dugonalar
Dilbarning dugonalari ko’p. Ular maktabda o’qiydilar. Darsdan so’ng birga o’ynaydilar. Dugonalar tasviriy san’at to’garagiga yozilishdi. Chiroyli rasmlar chizadilar. Hamma ularga havas qiladi. (23 so’z)
Topshiriq: Harf birikmali so’zlar tagiga chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |