8-NI
Mavzu: Shaxs va narsa nomini bildirgan so`zlar
Maqsad: O`quvchilarning shaxs va narsa nomini bildirgan so`zlar yuzasidan olingan bilim, ko`nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Diktant
Meva sharbatlari
O`lkamizda turli shifobaxsh mevalar ko`p. Ularni yeyish foydali. Lekin sharbatni ichish kishini yanada sog`lom qiladi.
Uy sharoitida sharbat tayyorlash juda oson. Bu haqda kitoblar bor. Ulardan o`rganib sharbat tayyorlash mumkin. (31 so`z)
9-NI
Mavzu: Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf
Maqsad: O`quvchilarning kishilarning ismi va familiyasida bosh harf mavzusi yuzasidan olingan bilim, ko`nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Diktant
Darsda
Dars boshlandi. Bahrom va Malika matnni o`qidilar. Doniyor tushunganini gapirib berdi. Sanobar xattaxtaga yozilgan savollarga javob berdi. Akbar hikoyaga sarlavha topdi. Biz hikoya rejasini tuzdik.darsda hamma yaxshi ishladi. O`qituvchimiz Sharifa Shodiyeva xursand bo`ldilar.(35 so`z)
10-NI
Do'stlaringiz bilan baham: |