II-chorak
5-NI
Mavzu: Nutq. Matn. Gap.
Maqsad: O’quvchilarning nutq, matn, gap yuzasidan olgan bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash
Nazorat shakli: Diktant
Mehribon o’rtoqlar
Bugun maktabga hamma bolalar keldi. Biroq Anvar kelmadi. O’rtoqlari tashvishlandilar. Dars tugadi. O’rtoqlari Anvarning uyiga borishdi. U kasal yotgan ekan. Anvar o’rtoqlaridan xursand bo’ldi. (26 so’z)
Topshiriq: Ikkinchi gapning ega va kesimini aniqlang.
6-NI
Mavzu: Bo’g’in. Bo’g’in ko’chirish
Maqsad: O’quvchilarning bo’g’in, bo’g’in ko’chirish haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash
Nazorat shakli: Diktant
Opa-singillar
Gulchehra, Xurshida va Xadicha – opa-singillar. Ularning onalari Oysha opa –kashtachilik bilan shug’ullanadi. Qizlari ham onalaridan kashta tikishni o’rganishgan. Opa-singillar juda inoq. Kashtani birgalikda tikishadi. (28 so’z)
Topshiriq: Ikkinchi gapda berilgan so`zlarni bo`g`inlarga bo`lib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |