6- NAZORAT ISHI
Mavzu: Gap bo‘laklari.
Nazorat ishi: Tekshiruv diktanti.
Dorivor o‘simliklar
Bahorda turli-tuman o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan qir- adirlarni ko'rib, hammaning bahri dili ochiladi.
Ularning nomi shunchalik ko'pki, sanab tugatish ham qiyin.
Ismaloq, jag‘-jag‘, otquloq, yalpiz, marvaridgul, dala- choy, qogidgul kabi o‘t-o‘lanlar shifobaxsh o'simliklardir.
Bu o'simliklardan damlama tayyorlab ichsangiz tananqir yayrab ketadi, kuchingizga-kuch qoshiladi. Ularni gishda foydalanish uchun quritib qo‘yish kerak. (54 so‘z)
7- NAZORAT ISHI
Mavzu: O‘zak va o‘zakdosh so‘zlar.
Nazorat shakli: Diktant.
Savob ish qildi
Nosir kavlab olingan piyoz paykalida qolgan piyozlarni yig‘di. U bir necha kunda to‘rt qop piyoz to'pladi. Uning xolasi shaharda yashaydi. Nosir ikki xalta piyozni xolasinikiga olib bordi. Xolasi Nosirdan juda minnatdor bo‘ldi. Kechqurun bu haqda ota-onasiga aytdi. Ular ham mamnun bo‘lishdi va shunday deyishdi:
— Nosirjon bolam, bugun juda savob ish qilding. Chunki xolangning dastyorlari yo‘q. Bozorga borishga qiynaladilar. (62 so‘z)
8- NAZORAT ISHI
Mavzu: O‘tilganlarni takrorlash.
Nazorat shakli: Test sinovi.
I variant
1. Berilgan gapdagi ikkinchi darajali bo‘laklarni belgilang: Sarg‘aygan barglar yerga to‘kildi.
Sarg‘aygan
to‘kildi
barglar
2. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi qanday aniqlanadi?
Qo‘shimchalarning qo‘llanishiga qarab
so‘roqlar yordamida
ohangiga qarab
3. Mayin shamol yaproqlarni tebratdi. Gapdagi «mayin» so‘zi qaysi so‘zga bog‘lanib kelyapti?
yaproqlarni
tebratdi
shamol
4. To‘g‘ri javobni tanlang. O‘zak-...
so‘zlarni bir-biriga bog‘laydigan,yangi so‘z yasamaydigan qo‘shimchadir
o‘zakdan anglashilgan ma'no bilan bog‘liq bo‘lgan yangi so‘z hosil qiladi
barcha yangi ma'noli so‘zlarning umumiy qismi
5.O‘zakdosh bo‘lmagan so‘zni belgilang
bilimli
billur
bilimsiz
6.So‘z yasovchi qo‘shimchalari bor so‘zlarni belgilang
akamning, bekat;
vatandosh, rejali
buvimga,ishsiz
7. Nuqtalar o‘rniga berilgan qo‘shimchalardan mosini tanlang: Hozirgi kunda qog‘oz.. .600 dan. ortiq turi bor.
-dan
-li
-ning
8. So‘z qismlaridan qaysi bin ishtirok etmasa, so‘z hosil bo‘lmaydi?
so‘z yasovchi qo‘shimcha
so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha
o‘zak
9. So‘z yasovchi qo‘shimchalar berilgan qatorni toping.
-li, -la, -siz, -kor, -dosh;
-la, siz, -dosh, -dan, -ga;
-chi, -kor, -da, -ning, -siz;
10. So‘z turkumlarini belgilang?
ot, sifat, fe'l, o‘zak
ot, sifat, fe'l, son
ot, sifat, fe'l, so‘z yasovchi qo‘shimcha
Do'stlaringiz bilan baham: |