II-chorak
6-NI
Mavzu:Gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari. Gapda so’zlarning bog’lanishi
Maqsad: O’quvchilarning gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari. Gapda so’zlarning bog’lanishi yuzasidan olgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Diktant
Nargiza
Nargizaning buvisi dam olish uchun qishloqqa ketganlar. Bobosi bir necha kun o’tib qishloqdan keldi. U payt Nargiza bog’chada edi. Oyisi uni bog’chadan olib qaytdi. Buvisini anchadan beri ko’rmagani uchun, u juda sog’ingan edi. “Buvajonim keldilar, buvajonim keldilar” – deb, quvona-quvona uyga yugurdi. Nargiza avval uyalib ketdi, so’ng bobosini achom-achom qildi. (52 so’z)
Topshiriq: Ikkinchi gapning bosh va ikkinchi darajali bo`laklarini aniqlang.
7-NI
Mavzu: O’zak va o’zakdosh so’zlar
Maqsad: O’quvchilarning o’zak va o’zakdosh so’zlar mavzulari yuzasidan olgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Ta’limiy bayon
“Aqlli bog’bon”
Reja:
Boboning o’g’illariga vasiyati
Bog’bon olamdan ko’z yumdi
Oltin mehnatda
8-NI
Mavzu: So’z yasovchi qo’shimchalar
Maqsad: O’quvchilarning bilim, ko’nokma, malaka va kompetensiyalarini tekshirish
Nazorat skakli: Lug’at diktant
G’allakor, vatandosh, xabarchi, sinfdosh, aqlli, guining, bog’dan, olma, o’qimoq, chiroyli
III chorak
9-NI
Mavzu: Otni mustahkamlash
Maqsad: O‘quvchilarning o`tilgan mavzular yuzasidan egallagan kompetensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Ta’kidiy diktant
Mehnat darsida
O‘qituvchimiz Ra’no Sultonovna mehnat darsida bizga gul tikishni o‘rgatdilar. Ular oq matoga atirgul va binafsha rasmlarini qalam bilan chizib berdilar. Ninaga ip o‘tqazishni kim tez bajarishni kuzatdilar.
Munavvar birinchi bo‘lib ipni ninaga o‘tqazdi. Ra’no Sultonovna oldin odmi iplarni, keyin och rangli iplarni ishlatishni tushuntirdilar. Biz mehnat darsida matoga gul tikishni o‘rgandik.
Tekshirilishi lozim do‘lgan BKM elementlari nomi va soni:
Ona tili qoidalarini bilish
Atoqli otlarni aniqlash va to‘g‘ri ishlatish
Har bir gapni bosh harf bilan boshlanishini bilish
Imlo va tinish belgilarini to‘g‘ri ishlatishni bilish
Chiroyli yozish
10-NI
Mavzu: Qish keldi.
Maqsad: O‘quvchilarning o`tilgan mavzular yuzasidan egallagan kompetensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Diktant
Qish keldi
Mana qish ham keldi. Ariqlarda suvlar muzladi. Hamma yoqni oppoq qor qopladi. Uyning tomlari ham oppoq bo‘ldi.
Bolalar palto va qo‘lqop kiyib, qorda o‘ynadilar. Abbos bilan Malikning yangi chanasi bor. Ular yalanglik chetidagi tepalikdan maza qilib chanada uchdilar. Malik juda saxiy bola. U chanasida o‘rtoqlari bilan birga uchadi. (50 ta so‘z)
Tekshirilishi lozim do‘lgan BKM elementlari nomi va soni:
Gaplarni bish harflar bilan yozishni bilish
Do'stlaringiz bilan baham: |