O’qish darslarida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish yo’llari



Download 30,19 Kb.
bet2/2
Sana20.03.2022
Hajmi30,19 Kb.
#503517
1   2
Bog'liq
2 5431381905553493248

mustaqil fikrash-insonning o’z oldida turgan muommoni aniq belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiq holda bilimi hamda hayotiy tajribalariga tayanib, o’z intellektual imkoniyati darajasida turli yo’l, usul, vositalar yordamida, mustaqil ravishda hal qilishga qaratilgan aqliy faoliyatidir.
Ma’lum bo’lishicha fikr mustaqilligi darajasi inson aqliy faoliyatining tashabbuskorligi, pishiqligi, va tanqidiyligida aks etadi. Kishi fikri mustaqilligining belgilaridan biri- tashabbuskorlik
Insonning o’z oldiga aniq maqsad va vazifalar qo’yishi, ularni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan usul hamda vositalarni qo’llashida namoyon bo’ladi. Bu faoliyatning pishiqligi vazifalarni tez bajarish, bu jarayonda qo’l keladigan usul va vositalarni tezkorlik bilan izlab topish, ularni farqlashda ko’rinadi. Aqliy faoliyat tanqidiyligi esa mustaqil fikrlovchining voqea-hodisaga munosabati, uning xususiyatlarini ajrata bilishida namoyon bo’ladi.
Ma’lumki, tafakkur faqat ta’lim jarayonida shakllantirilmaydi. Inson faqat ta’lim- tarbiya muassasalarida fikrlashga o’rgatilmaydi. U har bir ruhan sog’lom insonda tabiatan mavjud bo’lgan aqliy- jismoniy hosiladir. U har kimda o’ziga xos tarzda, o’z intellektual darajasida mavjud. Ta’lim -tarbiya jarayonida tafakkurning shakli, sifati, darajasini tarbiyalash, ma’lum yo’nalishini belgilash, uni sayqallash va rivojlantirish mumkin. O’quvchi fikrining ta’sirchanligi, ehtiyotkorligi, harakatchanligi yoki faoliyatsizligi, o’sish-rivojlanishi uning ta’lim jarayonida shakllantiriladigan sur’ati va sifatiga ham bog’liq. Inson fikrlashining hissiy, obrazli, mantiqiy salmog’i tafakkur jarayonining rivojlanish sur’ati bilan qanchalik aloqador bo’lsa, uning sifat yo’nalishlari bilan ham shunchalik bog’liq.
Maqsad, vazifalari o’zga shaxslar tomonidan belgilab qo’yilgan, tayyor usul va vositalarga tayangan holda boshqalarning bevosita yordami bilan amalga oshiriladigan jarayonda ishtirok etgan tafakkur fikr qaramligini anglatadi. Mustaqil tafakkurga ega bo’lmagan kishilar tayyor qarashlar quliga aylanadilar. Ularning tafakkuri ...o’sish-rivojlanishdan orqada qoladi. Mustaqil fikrlash rivojlanmagan hollarda kaltabin, aqlan erinchoq, behafsala, loqayd odam shakllanadi. Tafakkurning qaramligi, muteligi jamiyat rivojiga, millat taraqqiyotiga to’siq bo’lib, alohida odam uchun fojiadir”, [4]-deydi psixolog E. G’oziyiev.
Fikrning mustaqilligi uning sermahsulligi, samaradorligi bilan uzviy bog’liq. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g’oyalar, tavsiyalar yaratilgan, nazariy hamda amaliy vazifalar hal qilingan bo’lsa, bunday fikr sermahsul, samaralihisoblanadi. Ma’lumvaqt oralig’ida mustaqil ravishda bajarilgan aqliy ish ko’lami va sifati (ishning pishiqligi, asoslarning kuchliligi)- tafakkur mustaqilligi darajasini o’lchash mezoni bo’lib xizmat qiladi.
Ish jarayonida inson aqlining faoliyati uning o’zi tomonidan kuzatilmaydi. Boshlang’ich sinf yoshidagi o’quvchilarda ham fikrlashning mustaqilligi darajasini nazorat qilish, uni farqlash hamda rivojlantirish o’qituvchining vazifadir. Buning uchun o’qituvchidan ziyraklik, ta’lim jarayonining har bosqichida har bir o’quvchi shaxsi, intellektual imkoniyatlari, intilish va qiziqishlarini bilish talab qilinadi.
Har bir o’quvchi yosh bosqichlariga ko’ra turfa qiziqishga ega bo’ladi, o’ziga xos fikrlaydi va his qiladi. Har yoshida turlicha faoliyat ko’rsatadi, borliqqa munosabati ham har xil bo’ladi.
Boshlang’ich sinflar o’qish darslari jarayonida darsga tegishli bo’lmagan biror qiziqarli hayotiy mavzu va hodisalar, kino yoki futbol o’yinlari kabilar muhokama qilinganda o’quvchilarning ko’p narsa bilishlari ayon bo’ladi. Bu mazkur hodisalar o’quvchilarning o’zlari uchun bevosita qiziqarli bo’lganidan dalolatdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, “O’qish kitobi” darsliklaridagi o’quv materiallari bolalarning tabiati, yosh xususiyatlariga mos va qiziqarli bo’lishi, matnlar yuzasidan taqdim etilgan savol- topshiriqlar biri ikkinchisiga o’xshamaydigan tarzda tuzilishi, ularning mantiq asosiga qurilishi, o’quvchilardan mustaqil fikr- mulohazalar talab qilishi o’quvchilarni faollashtiradi.
Maktab davrining bir bosqichidan ikkinchisiga o’tish jarayonida bolalarda shunchaki evolyutsion o’zgarish emas, balki sifat jihatidan bir yangilanish yuz beradi. Bu jarayonda o’quvchi taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi jihatlarni umumlashtirgan holda quyidagicha ko’rsatish mumkin: boshlang’ich sinf o’quvchilari aqliy rivojlanishi bilan beriladigan bilim, ko’nikma va malakalarning nomutanosibligi; bilimlarning hamisha ham mantiqqa asoslanmagani; oila bilan maktab tarbiyasi o’rtasidagi tafovut yuqori sinf o’quvchilariga xos bo’lgan harakatchanlik bilan bilan intizom tizimining nomutanosibligi; ishtiyoqning zo’rligi, mustaqillikka moyillik, erkinlik, mustaqillik sari intilishning balandligi bilan ta’lim- tarbiya jarayonida bir xillik, sustlik; odamlarga, atrof- muhitga tanqidiy nazar bilan qarashning kuchayishi bilan ta’lim jarayonida bunday intilishlarni qondirish imkoniyatining yetishmasligi; tabiiy taraqqiyot bilan ta’limiy- tarbiyaviy jarayon orasidagi nomutanosiblik singari jihatlar ko’zga tashlanadi.
Boshlang’ich sinf yoshidan o’quvchilarni kitob o’qishiga yo’naltirishning yana bir yo’li ularni rag’batlantirishdir. O’quvchilar ma’lum bir sinfni tamomlasalar ularga maqtov yorliqlari beriladi. Ana shu yorliqlar o’rniga taniqli shoir yoki yozuvchilarning kitoblari sovg’a qilinsa, foydaliroqbo’ladi. Qolaversa, taniqli bolalar shoirlari yoki yozuvchilari bilan o’quvchilar uchrashuvlarini tashkil etish, ular bilan yosh kitobxonlar o’qigan asarlar yuzasidan suhbatlar uyushtirish ham o’quvchilarning badiiy so’zga muhabbatini oshirishi tabiiy.
Xullas, yosh avlod ma’naviy takomilini ta’minlashda, ularni mustaqil fikrlashga yo’naltirishda kitobdan oqilona foydalanish, buni to’g’ri tashkil eta bilish oilada ota- onaning, ta’lim muassasalarida o’qituvchilarning burchidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Alisher Navoiy.Tanlangan asarlar. 20 jildlik.8-jild. Xamsa:Farxod va Shirin.-T:”Fan”,1991.122-bet.
2. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 3-jild. - T: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002.242-bet
3. Выготский Л. Воображение и тварчество в детскомвозрасте.-Москва: Просвещение, 1991. 90-bet
4. E.G’oziyev Tafakkur psixologiyasi.- T:”O’qituvchi”,1990.60-bet
Download 30,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish