Ikkinchi o’quvchi :
Ilmdan yaxshiroq hazina bo’lmas,
Qo’lingdan kelgancha tera olsang bas.
Uchinchi o’quvchi:
Ilm kaliti - kitob,
Gar o’qisang bobma-bob,
Urgatib bor bilimni,
Ochar bahri dilingni.
Safarga chiqqan chog’ing,
U eng yaqin o’rtog’ing.
Oshno bo’lsang kitobga,
Yuksalasan oftobga.
“Ilm “ haqida klaster tuzish.
IV.Mustahkamlash
Madadkor
Ilm
nur ziyo
do’st rahbar
hamdard boylik obro’ y
V.Darsni yakunlash.O’quvchilar bilimini baholash.
VI.Uyga vazifa: mavzuni o’qish va so’zlab berish
Sana:______________________
43.Mavzu: Davlat ertagi.
Maqsad: a) ta’limiy: matn mazmuni bilan tanishtirish;
b) tarbiyaviy: mehnat qilishga, ahil- inoq yashashga, oqibatli bo’lishga undash, mehnat orqali davlatli bo’lish mumkinligini tushuntirish;
d) rivojlantiruvchi: og’zaki nutqini o’stirish, qayta hikoya qilishga o’rgatish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: suhbat, tushuntirish.
Dars jihozi: mavzuga mos rasmlar
Darsning borishi:1.Tashkiliy qism.a) salomlashish;b)davomatni aniqlash; d) darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa so’ralib,savol- javob tashkil qilinadi.
O’quvchilar xalq og’zaki ijodiga kiruvchi asarlarni klaster usulida bayon qiladilar:
III. Yangi mavzu bayoni. DAVLAT
Qadim zamonda bir dehqon o'tgan ekan. Davlat dehqonning hovlisida bir necha yil yashabdi. Uning sharofatidan dehqonning mol-u davlati juda ko'payib ketibdi. Dehqon mollarining son-sanog'ini, yerlarining tanobini, oltinlarining hisobini bilmas ekan.
Bir kuni Davlat dehqonning qoshiga kelib:
— Bobo, dargohingizda ko'p yillar yurdim, mening sharofatim bilan mol-u davlatingiz haddan ziyoda bo'ldi. Endi menga xursandlik bilan javob bersangiz, boshqa birovnikiga borsam, — debdi.
Dehqonning aqli shoshib, hushi boshidan uchibdi-yu:
— Davlatjon, to'g'ri aytasan, sendan ko'p bahramand bo'ldim, beqiyos boylik orttirdim. Minnatdorman sendan. Lekin mendan nima yomonlik ko'rdingki, ketaman deyapsan? O'tinib so'rayman sendan, ketmagin, huzurimda qolgin.
Sensiz ahvolim nima bo'ladi, zinhor ketma! — deb yalinibdi. Davlat:
— Bobo, sizdan yomonlik ko'rganim yo'q. Siznikida ko'p turib qoldim. Boshqalarnikiga ham boray-da. Ijozat bermasangiz bo'lmaydi! — debdi.
Dovdirab qolgan dehqon:
— Davlatjon, bir kun sabr qil, men uydagilar bilan maslahatlashib olayin! — debdi.
Davlat bir kun kutadigan bo'libdi. Dehqon xotini, ikkala o'g'li, kelinlari-yu qizini chaqirib, yig'lab shunday debdi:
— Endi holimiz xarob bo'ladi. Boshimizga musibat tushdi. Mol-u dunyomizdan birpasda ayrilamiz. Davlat bizdan xafaga o'xshaydi. Ketaman, deb oyoq tirayapti. Yalinib-yolvorganimgayam ko'nmayapti. Endi nima qilamiz?
Hammalari dehqonga qo'shilib yig'lashibdi. Kichkina kelini yig'lamabdi ham, xafa ham bo'lmabdi-da:
— Otajon, yig'lamang, qarigan chog'ingizda o'zingizni qiynamang. Davlat ketaman degan bo'lsa, xushnudlik bilan javob bering, mayli ketsin! Buning uchun g'am yemang, — debdi qaynotasiga.
Kelinning gapini eshitib hamma hayron bo'libdi.
— Kelinposhsha, nimaga bundoq deyapsiz? Davlat ketsa nima qilamiz? — debdi dehqon.
— Ota, ilojimiz qancha? Davlat ketsa ketaversin. Siz oyim bilan duo qilib o'tirasiz. Biz hammamiz mehnat qilamiz. Ekin ekamiz, mol boqamiz, meva teramiz, hayotimiz yomon bo'lmaydi, — debdi kelin.
Kelinning bu gaplari dehqonning ko'ngliga taskin beribdi. Ertalab turib, hovliga chiqibdi. Davlat hali ham meh-monxonaning eshigi yonida dehqonni kutib turgan ekan. -Assalomu alaykum, bobo! Endi menga ruxsat berasizmi? — deb so'rabdi u.
Dehqon xo'rsinib qo'yibdi-yu, gap boshlabdi:
— Davlatjon, hammamiz maslahatlashib, senga ruxsat beradigan bo'ldik. O'g'il-qizlarim, xotinim, kelinim: «Davlat ketadigan bo'lsa, mayli, javob bering, o'zimiz bir yoqadan bosh chiqarib, ahil bo'lib mehnat qilamiz, mol-u davlat bo'lsa kelaveradi», dedilar.
Davlat birpas ma'yuslanib turibdi-da, so'ng kulib:
— Bobo, men so'zimni qaytib oldim, hech qayerga ketmayman, shu yerda qolaman. Men xursand bo'lib, ahil yashaydigan xonadonni yaxshi ko'raman. Inoqlik qayerda bo'lsa, men ham o'sha yerdaman! — debdi.
Shunday qilib, Davlat dehqonning xonadonida umrbod qolgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |