Sana:______________________________
29.Mavzu: Chaqimchiga mukofot
Maqsad: O’quvchilarga mavzu haqida tushuncha berish, ularning ezgulik haqida tasavvurlarini boyitish, o’qish ko’nikmalarini shakllantirish, insoniy fazilatlarni tarbiyalash.
Jihozlar: rasmlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:a) O’quvchilar bilan salomlashish;b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash;
Davomatni aniqlash;kuz tabiati haqida savol- javob.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
“Har kim ekkanin o’rari“ mavzusi yuzasidan savol –javob o’tkazaman:
Savol-javoblar:
1. O'g'il bilan nevara nima uchun otalarini sahroga chiqarib tashlamoqchi bo'lishdi?
2. Chol farzandiga o'z qilmishi to'g'risida nimalar dedi?
3. «Har kim ekkanin o'rar» maqolini qanday tushunasiz
Mavzuni 3-4 ta o’quvchiga hikoya qildiraman.
d) Tezkor savollar: 1.O`zbekning shoh taomi: palov
2. Ertalabki ovqat: nonushta 3. Davlat tilimiz: o`zbek tili.
4. Gerbimizdagi qush: Humo 5. Qah-qaha otmoq: kulmoq
6.Dala malikasi: Makkajo`xori 7. Shoh va shoir: Bobur
8. Aql gimnastikasi: shaxmat 9. Millat ko`zgusi: til
III. Yangi mavzu bayoni. O’qituvchi hikoyasi.
CHAQIMCHIGA «MUKOFOT»
Qadim zamonda hokimlardan biri ovga chiqdi. Hokim va u bilan birga ovga chiqqanlar bir yerga kelib to'xtadilar. Hamma biror ish bilan mashg'ul bo'ldi. Hokim o'z jilovdori — otboqarini yoniga chaqirib:
— Sen bilan birga otda chopishni ko'p vaqtdan beri orzu qilaman, kimning oti chopqir ekanini bilishni istayman, — dedi.
Otboqar qabul qildi, otiga minib chopdi, hokim uning ketidan quvladi. Shikor joyidan ancha uzoqqa ketdilar. Hokim otini to'xtatib, otboqarga ham to'xtashga buyruq berdi, uni yoniga o'tqazib:
— Ey jilovdor, ko'nglimga kelgan bir fikrni aytmoqchi bo'lib, sen bilan birga bu xoli yergacha ot choptirib keldim. Hammadan ko'ra senga ishonganim uchun sirimni faqat senga bayon qilaman, ehtiyot bo'l, hech kim sezmasin, — dedi.
Otboqar ta'zim qilib:– Modomiki, siz menga ishongan ekansiz, siringizni hech kimga oshkor qilmayman, hech kim voqif bo'lmaydi, deb hokimga va'da berdi.Hokim otboqarning so'zidan xursand bo'lib, ko'nglidagi sirini unga aytdi:
— Ukamning shu kunlarda qilgan harakatidan shubhaga tushib qoldim, meni o'ldirmoqchi bo'lsa kerak. Shuning uchun men ukamni yo'q qilmoqchiman. Sen yonimdan uzoqqa ketmay, meni asrab yur!
Otboqar hokimning sirini saqlashga, o'zini asrashga va'da berib, qasam ichdi. Hokim ovdan qaytib, o'z saroyiga kirishi bilanoq otboqar bevafolik qilib, xiyonat ko'chasiga qadam qo'ydi. Fursat topib, hokimning ukasiga eshitganlarini bayon qildi. Hokimning ukasi bu chaqimchi otboqardan xursand bo'lib, unga inoyat va va'dalar qildi.
Hokimning ukasi yaxshi tadbir bilan o'zini asrar edi. Oradan ko'p vaqt o'tmay, hokim vafot etdi. Uning o'rniga ukasi hokim bo'lib, darrov chaqimchi otboqarni dorga osishga buyruq berdi. Chaqimchi otboqar o'zining qilgan xizmatini so'zlab, ko'p zor-u tazarru qilsa ham, yangi hokim qabul qilmay:
— Sirni fosh qilishdan, chaqimchilikdan yomonroq gunoh yo'qdir. Akam senga ishonib sirini aytdi, sen xiyonat qilib, sirini fosh qilding, menga kelib chaqding. Akamga vafo qilmagan odam menga vafo qilarmidi? Ana endi chaqimchiligingning jazosini tort, — deb dorga ostirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |