«Kichik guruhlarda ishlash»
o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadilar va quyidagi
markazlarda faoliyat olib boradilar.
«O‘qish» guruhi – bu guruh markazdagi o‘quvchilar ota-ona
haqidagi hikmatlardan topib, daftarlariga yozadilar.
masalan: 1. ona – birinchi muallimdir.
2. ota – umr bog‘boni.
3. otangni kaftingda tutsang,
onangni boshingda tut.
4. onaning mehri – muqaddas.
5. ota-ona duosi – oltindan qimmat.
6. otalar so‘zi – aqlning ko‘zi…
«Ona tili» guruhi – bu guruhdagi o‘quvchilar ota-ona haqi-
da kichik matn tuzib, daftarlariga yozadilar.
masalan: mening oila a’zolarim bu – ota-onam, opa-akam
va men. biz totuv va inoq bo‘lib yashaymiz. men ota-onamning
nasihatlariga quloq tutaman. har tong ota-onam bizlarni duo
qilib, maktabga kuzatadilar…
Do'stlaringiz bilan baham: |