III. Yangi mavzuni tushuntirish.
– bolajonlar, bugun biz sizlar bilan Safar barnoyevning
«minora» she’ri bilan tanishamiz.
– muallifning qaysi asarlari bilan tanishdik?
– Safar barnoyev haqida nimalarni bilasiz?
o‘quvchilar javoblari tinglanib, muallif haqida qisqacha
ma’lumot beriladi.
«minora» she’ri mazmuniga mos videolavha namoyish
etiladi, kadr ortidan she’r matni o‘qib beriladi.
She’rdagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
qoq o‘rtasi – markazi
ulkan – katta, hashamatli
diqqatingni – e’tiboringni
She’r yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– She’r nima haqida ekan?
– minora qayerda joylashgan ekan?
– minoraning ko‘rinishi qanday tasvirlangan?
– minoraning balandligini shoir qanday tasvirlagan?
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |