103
– qanday so‘z birikmasi hosil bo‘ldi?
– «barakalla, bo‘tam» yangi mavzuning sarlavhasi ekanligi
aytiladi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
– bugun biz sizlar bilan «barakalla, bo‘tam» hikoyasi bilan
tanishamiz.
o‘qituvchi hikoyani o‘qib, mazmunini tushuntiradi. o‘quv-
chilar hikoyani navbat bilan o‘qiydilar. hikoyada uchragan no-
tanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
devor-darmiyon – hovli-joylari o‘rtadagi bitta devor
bilangina ajralgan, yonma-yon turuvchi qo‘shni
ranjigan – xafa bo‘lgan
niyat – ko‘ngildagi istak-orzu
harakatli dam olish daqiqasi o‘tkaziladi. o‘quvchilar birga-
likda bajaradilar.
bog‘imizga ko‘chat ekdik,
ko‘chatni biz sug‘ordik.
ko‘chatim o‘sib ketdi,
bo‘yi osmonga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: