I. Tashkiliy qism.
Salomlashish.
davomatni aniqlash.
90
o‘quvchilarni darsga hozirlash.
o‘quvchilarni olti kishilik kichik guruhlarga bo‘lish.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustah-
kamlash.
«dunyoni saqlar bolalar» qo‘shig‘i ifodali o‘qitiladi.
She’r asosida «tarmoqlash» usuli bilan bolalarga ta’rif
beriladi.
o‘rganilgan mavzular yuzasidan tezkor savol-javob o‘tka-
ziladi.
– «o‘zbekiston posbonlari» she’ridagi bolalarning ismlarini
ayting?
– muxbir kim bilan uchrashdi?
– «Dunyoni saqlar bolalar» she’rining muallifi kim?
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
– bugun biz sizlar bilan Safar barnoyevning «bobonur»
hikoyasi bilan tanishamiz. (muallif haqida o‘qituvchi tomonidan
qisqacha ma’lumot beriladi.)
har bir guruhga olti qismga bo‘lingan hikoya matnining
bir qismi tarqatiladi. Guruhdagi o‘quvchilar matnning qis-
mini o‘qib, o‘rganib chiqadilar.
1-qism.
nigina akasidan kelgan xat qatidagi rasmni ko‘rib, ko‘zlari
chaqnab ketdi. Sabriya bibinikiga chopdi.
Sabriya bibi o‘zimning bobonurim-ku! voy, bibiginang ay-
lansin. qizim, mana bularga qara, ko‘zimga issiq ko‘rinyapti.
2-qism.
– bibijon, bobonur akam uzoq joyda emas, Samarqandda
xizmat qilyaptilar.
Sabriya bibi:
– bobonurim askar emasmi?
– askarlar, – tushuntirdi nigina, – ular Samarqandni qo‘riq-
laydilar.
– a? – dedi Sabriya bibi, – Samarqandni qo‘riqlaydimi?
So‘ng:
– Xayriyat-ey, – deb o‘yga toldi.
ipt
91
3-qism.
– qishloq yigitlari birin-ketin bo‘y cho‘zib, harbiyga keta
boshladi. bibi ularning harbiyga jo‘natish marosimiga patir
yopardi. yigitchalar bilan xayr-xo‘shlashar ekan, yopgan patiri-
dan olib chiqib:
– nevaraginam, mana bu yeridan tishla, eson-omon kelsang,
rizqingni o‘zing yersan, – deb patirni ilib qo‘yardi.
4-qism.
ko‘pchilik kelib o‘z nasibasini olib ketardi.
bobonur armiyaga ketar kuni ham Sabriya bibi patir tut-
qazib:
– mana buni issiqligida tishla, bolam, nasibang doim butun
bo‘lsin! – deb uyga kirib ketgan edi…
5-qism.
bibining kiprigiga yosh qalqidi. buni ko‘rgan nigina so‘-
radi:
– bibijon, nega yig‘layapsiz?
– bobonurimning rizqi butun ekan, shunga quvonganimdan
yig‘layapman, bolam. nasib etsa, nevaraginamni o‘zim borib
ko‘rib kelaman.
6-qism.
Sabriya bibi rasmni qaytarib berar ekan, qo‘lini ochib duo
qildi:
– iloho, yurtimizga ko‘z tegmasin, mustaqilligimiz mustah-
kamlanib borsin.
So‘ng guruhdagi o‘quvchilar birdan oltigacha bo‘lgan raqam-
lar bilan belgilanadi. o‘qituvchi tomonidan bir xil raqamlardan
iborat yangi guruh tashkil qilinadi. yangi tashkil qilingan
guruhdagi o‘quvchilar navbat bilan o‘zlari o‘qigan qism mazmu-
nini guruhdagilarga so‘zlab beradilar.
o‘quvchilar hikioya matnini o‘rganib bo‘lganlaridan so‘ng,
matn yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– nigina kimdan xat oldi?
– U xatni kimga olib bordi?
– nima uchun Sabriya bibining chehrasi yorishdi?
92
– bibi qishloq yigitlariga armiyaga jo‘nashlarida qanday tilak
bildirar edi?
– Sabriya bibi bobonurni qanday duo qildi?
hikoyadagi notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkazi-
ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |