H ammasi u kutganidan ham tezroq ro‘y berdi. Dastlab o ‘q o v o zi
yangradi, s o ‘ngra ketm a-ket yana ikki marta o ‘q uzildi. G enri shu bilan
Billning o ‘qi tugaganini fahmladi. Z um o'tm ay itning angillagani va
o'kirgan odam ovozi eshitildi. G enri o g ‘riq va qo'rquvdan ingrayotgan
Chinoqning angillashi, hamda yaralangan b o ‘rining uv tortganini eshitdi.
Shu bilan irillash ham , angillashlar ham tugadi. K im sasiz borliq
uzra yana sukunat cho'm di.
Genri chanada juda uzoq o ‘tirdi. U n ing o'sha yoqqa borishidan
hech qanday m a’ni yo'q: bamisli Bill bilan bo'rilar uning ko'z o'ngida
to'qnashgandek, hammasi oydek ravshan edi. U faqat bir marta sapchib
o'rnidan turdi-da, qo'liga boltasini oldi, o'sha zahoti shashtidan qaytib
holsiz joyiga o'tirdi va javdirab yana o'sha tom onga tikilib qoldi, oyog'i
ostida yotgan itlar esa qo'rquvdan o'zlariga kelolmay, tinmay qaltirashardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |