To‘rtinchi bob
ASLIGA QAYTISH
Oylar ketidan oylar o ‘tdi. Janubda hayot farovon edi, bu yerda Oq
So'yloqni ishlatishmas, buning oqibatida u semirib ketdi. U m um an Oq
So'yloq o'zini behad baxtiyor sezardi. U janub iqlimiga moslashibgina
qolmay, balki bu yerning shart-sharoitiga ham ko'nikdi. Oftob nurlari
unum dor yerga ekilgan ko'chatga qanday ta ’sir qilsa, inson m ehr-
m uhabbati Oq So'yloqqa shunday ta ’sir etardi.
Shunday bo'lsa ham Oq So'yloq bilan itlar orasida allaqanday tafovut
yaqqol sezilardi. U tartib-intizomni o'zgacha sharoitda yashab ko'rmagan
hamzotlariga qaraganda yaxshiroq bilar va boshidan-oyoq amal qilardi,
shunga qaramasdan vahshiylik uning vujudini tam om ila tark etmagan
va bamisoli hamon kimsasiz Shimol izm-u ixtiyorida yashayotgandek
va xuddi ham on vujudida yashab kelayotgan bo'ri aslida vaqtinchalik
uyquga ketgandek edi.
Oq So'yloq itlarga elakishmasdi. U birontasiga qo'shilm as, doim
bir o'zi yurar bundan keyin ham ulardan nariroq yurishni xohlardi.
Hayotining ibtidosida Lip-Lip bilan kuchukchalar galasi hayotini zahar-
zaqqumga aylantirgandan e ’tiboran Xushro'y Smit qo'lida chekkan azob-
uqubatlar haqqi Oq So'yloq itlarni behad yomon ko'rib qolgan edi.
Uning hayoti izdan chiqqan va u o'z hamzotlaridan uzoqlasha-uzoqlasha
insonga yaqinlashgan edi.
Buning ustiga Janubdagi itlar Oq So'yloqqa mutlaqo ishonishmasdi:
itlar uni ko'rganda beixtiyor tahlikaga tushar va nafrat bilan akillab
shovqin ko'tarishardi. Oq So'yloq esa buning uchun ularni jazolash
shart emasligini tushunardi. U tishlarini irshaytirib, vahshiyona irillab
qo'ysa tamom, har qanday g'azabga mingan it o'sha zahoti pusib qolardi.
Ammo taqdir Oq So'yloqni sinash uchun Kollini unga yuborgan
edi. Ammo shu Kolli bir daqiqa ham uni holi-joniga qo'ymasdi. Insonning
talabi yoki hukmi unga Oq So'yloqchalik qudrat kasb etmas, shu sababli
Kolli o'zlarini yaqinlashtirish uchun xo'jaynining astoydil urinishlariga
qarshilik ko'rsatardi. U tahdidona, jazavakor irillashlari bilan har
qadam da Oq So'yloqni ta ’qib etardi: Kolli tovuq voqeasidan keyin uni
sira kechirolmas va uning niyati faqat jinoyat qilishdan iborat deb
hisoblardi. U yo'q yerdagi gunohlarni unga ag'darardi! Xuddi ayg'oqchi
kabi bosgan izini sinchiklab kuzatish orqali Oq So'yloq hayotini zaharlar
edi, u kaptargami, tovuqqami qiziqsinib qarab qo'ysa bas, Kolli darhol
dunyoni boshiga ko'tarib hurishga tushardi. Oq So'yloq undan qutulish
uchun boshini panjalariga qo'yib o'zini uxlaganga solib yotardi. Shunday
paytda Kolli hamisha o'zini yo'qotib qo'yar va darhol nafasi o'chardi.
Kolli bilan bog'liq dilxiralikni aytmasa ham m a ishlar joyida edi. Oq
So'yloq o'zini tiyishga o'rgandi, tartib-intizom ni q at’iy o'zlashtirdi. U
ancha quyulib qolgan, bo'lar-bo'lmasga qoni qaynamasdi. Endi u hamma
narsadan yomonlik kutmasdi. Tahlika, kaltak yeyish ham da o'lim
vahimasidan asar qolm agandi. H ayoti osoyishta o'zaniga tushgan,
vahimadan, adovatdan xoli bir m e’yorda davom etardi.
U faqat qorni sog'inar, am m o buni o'zi sezmasdi. Agar Oq So'yloq
fikr yuritishga qodir b o 'lg an d a edi ehtim ol: «Yoz m uncha ham
cho'zilmasa edi!» deya o'ylagan bo'lardi. U o'zi ham anglamagan holda
qoryog'ishini istardi. Yozning jaziram a quyoshi ayovsiz qizdirgan kunlar
u zamharir Shimol tabiatini qo'msardi. Ammo bu sog'inch sababi o'ziga
ham nom a’lum bezovtalikda nam oyon bo'lardi, xolos.
Oq So'yloq hech qachon haddidan oshmasdi. U tum shug'i bilan
xo'jayiniga suykalar, erkalanib g'ingshir va yolg'iz shu yo'sinda o 'z
mehr-sadoqatini izhor etardi. Lekin ko'p o'tm ay u buning yana bir
yo'lini kashf etdi. Odamlar kulgusi unga yomon ta ’sir qilardi. Kulgu
uni quturtirib yuborar, g'azabi toshib o'zini qo'yarga joy topolm ay
qolardi. Biroq, u xo'jayinidan achchig'lanayolmasdi, shuning uchun
kunlardan bir kun xo'jayini hech qanday zararsiz hazil qilib ustidan
kula boshlaganda u o'zini yo'qotib qo'ydi. Bir paytlardagidek g'azabi
qaynab toshdi, ammo bu safar g'azab mehr-sadoqatdan ustun kelolmadi.
U g'azablana olmasa nima qilsin? Oq So'yloq o'zini sipo tutishga uringan
edi, xo'jayini kulib yubordi. U yana ham jiddiy qiyofaga kirgandi,
xo'jayini o'zini tiyolmay qah-qah urib yubordi. Pirovardida Oq So'yloq
taslim bo'ldi. Uning yuqori labi uchdi, quvlikdanmi, mehrdanmi ko'zlari
shu’lalandi. Qisqasi Oq So'yloq kulishni o'rganib oldi.
U egasi bilan o'ynashishni ham o'rgandi: o'zini yiqitishga, chalqancha
yotqizishga, ko'ngli siqqancha tegajaklik qilish va hazillashishga qarshilik
qilmas, o'zi esa go'yo yolg'ondan g'azablanar, junlarini hurpaytirib
irillar va tishlarini irshaytirib xo'jayiniga hamla qilmoqchi bo'lardi.
Ammo ish hech qachon bungacha yetib bormasdi: uning tishlari Skottga
yaqinlashmay havoda shaqillardi, mana shunday gurpanglashlardan so'ng
yengilgina zarblar, turtishlar, tishlarni taqillatish hamda irillashlar avjiga
chiqqan chog'da inson bilan it tuyqus qarama-qarshi tarafga yugurib
qolishar va to'satdan to'xtab bir-birlariga termulib qolishardi. Keyin
esa nogahon, bamisli quturgan dengiz tepasida quyosh jilva qilgandek
kula boshlashardi. O'yin-kulgu odatda egasining Oq So'yloqni bo'ynidan
quchib olishi-yu, itning erkalanib cho'zib-cho'zib uvlashi bilan tugardi.
Ammo egasidan o'zga hech kim Oq So'yloq bilan bu taxlit gurpangla-
shishga botinolmasdi. U bunga yo'l qo'ymasdi. Birov yurak yutib u
bilan o'ynashgani ju r a t qilsa bormi, darhol tahdidona irillab o'sha
dovyurakning ishtiyoqini so‘ndirar edi. Mobodo Oq So'yloq egasining
ko‘ngli tusagancha o ‘zi bilan o'ynashishga yo‘l qo'yar ekan, bu istagan
odam bilan shunday qilishga tayyor, qadr-qimmatini bilmaslikdan emasdi.
U faqat bitta odam ni yaxshi ko‘rar va undan boshqasiga ko‘ngli ilimasdi.
Xo'jayini tez-tez otda sayrga chiqardi. Bunday paytda uni kuzatib
borishni Oq So'yloq o'z burchi deb hisoblardi. Shimolda abzal urishlariga
indam ay turib berish orqali odam larga nechog'li sadoqatli ekanini
nam oyon etardi, biroq Janubda hech kim chanada yurmas va bu yerda
itlarga og'ir yuk ham torttirishmasdi. Shu bois Oq So'yloq egasi safarga
chiqqan kezlar hamisha yonida bo'lish orqali o 'z sadoqatini namoyish
etish ilojini topgan edi. Kun bo'yi egasining ortidan yugurib yurish
unga malol kelmasdi. U zo'riqm ay, charchoq nimaligini bilmay bir
m e’yorda yugurar va ellik mil bosib o'tgandan keyin ham toliqqani
bilinmas, shitob bilan ot oldida yelib borardi.
Egasining shunaqa sayrlari Oq So'yloqqa o 'z tuyg'ularini izhor
etishning yangi usulini kashf etish imkonini berardi. Qizig'i shundaki,
umri davomida u bundan bor-yo'g'i ikki marta foydalandi. Birinchi
marta U idon Skott egardan tushmay darvozani ochib-yopishga ayg'irni
odatlantirayotganda yuz berdi. U qayta-qayta darvozaga yaqinlashar,
lekin darvozani yopmoqchi bo'lganida qo'rqib ketgan ot ortiga tisarilar
yoki u yoqdan-bu yoqqa irg'ishlar edi. Ot borgan sari kuchanib oldingi
tuvoqlarini ko'tarib sapchir, egasi poshnasidagi tepki bilan niqtab
cho'kkalashga majbur qilganda esa shox tashlardi. Oq So'yloq ularni
xavotir ichida kuzatib turdi va oxiri chidab turolmay bir sakrab otning
oldiga bordi-da, g'azab bilan hurishga tushdi.
Ot voqeasidan keyin u dam -badam hurishga urinar, egasi uni
rag'batlantirardi, biroq u bor-yo'g'i yana bir martagina buning uddasidan
chiqa oldi, xolos. Bunga quyidagi voqea sabab bo'ldi, xo'jayini ekinzor
yoqalab o td a kelardi, tuyoqlari ostidan irg'ib chiqqan quyondan
cho'chigan ot bir sapchidi-yu, egasi egardan uchib tushib, oyog'i lat
yedi. Quturib ketgan Oq So'yloq otning bo'g'zini yorib tashlam oqchi
bo'lib chog'lanayotganda, egasi to'xtatib qoldi.
— J o 'n a uyga! J o 'n a deyapman! — deb baqirdi u suyagi singaniga
ishonch hosil qilgach.
Oq So'yloq egasini yolg'iz tashlab ketishga ko'zi qiymadi. U idon
Skott ikki enli xat yozmoqchi bo'ldi-yu, am m o cho'ntagidan na qog'oz,
na qalam topolm agach, yana Oq So'yloqqa «Jo'na!» deb buyurdi.
Oq So'yloq unga m a’yusona term uldi, so'ng ketishga chog'lanib
bir necha qadam yurdi-da, iziga qaytib zorlanganicha uv soldi. Egasi
uni yupatib bir nimalarni jiddiy ohangda tushuntira boshladi, Oq So'yloq
sergak tortib tinglay boshladi.
— Tashvish chekma, qariya, sen uyga bor, — derdi U idon Skott. —
Uyga borib nim a gapligini tushuntir. Endi jo'na! Bor deyapman! Qani!
«Uyga jo'na!» degan so'zning m a'nosi Oq So'yloqqa tushunarli
edi, shu sababli egasining boshqa so'zlarini tushunm asa-da, nim a
demoqchi bo'lganini sezdi. U istar-istamas ekinzor bo'ylab yugurib
ketdi. Nariroq borgach, ikkilangandek to'xtadi va ortiga o'girilib qaradi.
— Jo'na uyga! — degan qat'iy buyruq eshitildi, bu safar it itoat etdi.
Oq So'yloq uyga yetib kelganida oila a ’zolari peshayvonda salqinlab
o'tirishar edi. U boshdan-oyoq, tuproqqa belangan, tinmay harsillardi.
— Uidon kelyapti, — dedi Skottning onasi.
Oq So'yloqni ko'rgan bolalar qiy-chuv ko 'tarib yugurishdi. It
bolalarga chap berib peshayvonning narigi boshiga qochdi, ammo kichik
Uidon bilan Mod uni arg'am chi bilan panjara orasidagi ayvon kunjagiga
quvib borib qamab oldilar. Oq So'yloq chiqib ketmoqchi bo'lib irilladi.
Skottning rafiqasi xavotirlanib o'sha yoqqa yuzlandi.
— Oq So'yloqning yonida o'ynayotgan bolalarni ko'rsam yuragim
taka-puka bo'laveradi, — dedi u. — Bir kunmas bir kun itligini qiladi
baribir, deya qo'rqam an.
Oq So'yloq vahshiyona o'kirgancha yo'lini to'sgan bolalarni yiqitib
burchakdan qochib chiqdi. Bolalarning onasi ularni chaqirib olib
yupatishga tushdi, itni o'z holiga qo'yinglar, deb dashnom berdi.
— Bo'ri baribir bo'riligini qiladi, — dedi sudya Skott. — Unga
ishonib bo'lmaydi.
— Ammo u haqiqiy bo'ri emas-da, — gapga aralashdi Bet akasi
yo'g'ida yonini olgan bo'lib.
— Sen Uidonga orqa qilib shunday deyapsan, — deya e’tiroz bildirdi
sudya. — Uning aytishicha Oq So'yloq tom irida itning qoni oqayot-
ganligi bu shunchaki taxmin. Siyohidan esa...
Sudyaning gapi og'zida qoldi. Oq So'yloq uning oldiga kelib jon -
jahdi bilan irilladi.
— Joyingga bor! Bor! — deya o'shqirdi sudya.
Oq So'yloq xo'jayinining xotiniga yuzlandi-da, etagidan tishlab
tortqiladi, bir parchasini uzib olganda ayol qo'rqqanidan chinqirib
yubordi.
H am m a Oq S o 'y lo q q a yuzlandi. U boshini baland k o 'tarib ,
odamlarga tikilib qarardi. Uning kekirdagi tortishib-toritishb qo'yar,
am m o g'iq etmasdi. It b ir nim ani tushuntirm oqchi bo'layotganga
o'xshardi.
— Quturmadimikin? — dedi Uidonning onasi. — Men Shimolning
itlari jaziram a issiqni ko'tarolmaydi deb Uidonga aytgandim.
— U bir nima demoqchiga o'xshaydi! — dedi hayajonlanib ketgan
Bet.
Shu choq Oq So'yloq quloqni qomatga keltirgudek huriy boshladi.
— Uidonga bir nima bo'lgan, - dedi ishonch bilan Skottning rafiqasi.
H am m a sakrab o'rnidan turdi. Oq So'yloq esa zinapoya tom on
yugurdi. U zinalardan tushib borar ekan, dam -badam ortiga qarab
odam larni yurishga undar edi. U um rida ikkinchi va so'nggi marta
hurib nim a gapligini tushuntirishga erishgandi.
Shu voqeadan so'ng oila a ’zolarining Oq So'yloqqa munosabati
keskin o'zgardi: hatto it ozor yetkazgan otboqar, vahshiy bo'lsa ham
Oq So'yloq aqlli it ekan, degan qarorga keldi. Sudya Skott ham shu
fikrni bildirdi. U o'z fikrini asoslash uchun ham maning ko'nglini ozdirib
qom usdan va hayvonot dunyosiga bag'ishlangan har turli kitoblardan
dalil-hujjatlar keltirardi.
B ir-birini quvalashib S an ta -K la ra vodiysini quyosh nurlariga
to'ldirgan kunlar o'tardi. Qish yaqinlashgan kezlari Oq So'yloq g'alati
o'zgarishni payqab qoldi — Kollining o 'tk ir tishlari o'tm aslashganday
sho'xlik qilsa beozor tishlari endi unchalik ta ’sir qilmayotganday tuyuldi.
Oq So'yloq bir paytlar ovcharka o 'z hayotini zahar-zaqqum ga aylantirib
yuborganini unutdi, endi mabodo u o'ynashm oqchi bo'lsa sho'xlik bilan
javob qaytaradigan bo'ldi.
Bir kuni Kolli o'tloqda uzoq yelib-yugurib yurdi, keyin Oq S o'y
loqni o'rm onga ergashtirib ketdi. Xo'jayini tushlikka dovur otda sayr
qilmoqchi edi. Egarlangan ot yo'lakda turardi. Oq So'yloq ikkilandi.
O'zlashtirgan ham m a qonun-qoida, odatlardan, xo'jayiniga bo'lgan
sadoqatidan, yashash istagidan ham kuchliroq, allanima vujudini larzaga
solayotganini payqadi-yu, ovcharka beozorgina tishlab qochganda bu
shubha-gum onlarni yengib Kolli ortidan yugurdi. O 'sha kuni egasining
bir o 'z i sayrga chiqdi, bir zam o n lar kim sasiz S h im olning sokin
changalzorlarida onasi Kichi Birko'z bilan yelib yugurgani kabi Oq
So'yloq Kolli bilan yonm a-yon yugurib yurar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |