sababdan itlar anovi, baliqxo'r kelgindiga tashlanishm aydiykin?
— Juda vahim achi bo'lib qolibsan, Bill, — dedi G enri uyqusirab. —
Ilgari bunaqa em asding. K o'p aljiramasdan yotib, dam ingni ol, bir
uxlab tursang ham m asi esingdan chiqib ketadi. Jig'ildoning qaynayapti,
shunga betoqat bo'layapsan, shekilli.
Ikkovi bir choyshabni ustlariga yopib uyquga ketishdi. G ulxan o'ch a
boshladi, qarorgohni o'rab olgan ch o'g'dek ko'zlar tobora yaqinlashardi.
Bitta-yarim ta juft ko'zlar haddan ziyod yaqinlashsa itlar bir-biriga
suykalar, tahdidona irillashar edi. Bu safar shunaqangi qattiq irillashdiki
Bill uyg'onib ketdi. U sherigini uyg'otib yubormaslik uchun choyshab
tagidan ohista sirg‘alib chiqdi-da, gulxanga shox-shabba tashladi. Olov
gurillab yona boshladi-yu, ko'zlar halqasi chekindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |