sabati Oq So'yloq hayotini zaharlar edi. Ularning har bir so'zi, xatti-
harakatlaridan o'zining qahr-g'azabi ularga qanchalar dahshatli ta ’sir
qilayotganini uqib olardi. Bu olovga yog' quygan bilan barobar edi,
oqibat Oq So'yloqning yovuzligi kunm a-kun kuchayardi. Bu ham uning
o'zi yashayotgan muhitga nechog'lik tez moslasha olish qobiliyatidan
darak berardi.
Xushro'y Smit Oq So'yloqni tomosha qildiribgina qo'ymay, chinakam
urishqoq it qilib ham tarbiyaladi. Urishtirish imkoni tug'ildi deguncha,
Oq So'yloqni qafasdan chiqarib shahardan bir necha m il1 naridagi
o'rm onga olib borishardi. Bu odatda, mahalliy politsiya sezib qolmasligi
uchun kechasi uyushtirilardi. Oradan bir necha soat o'tgach, tongga
yaqin, tomoshabinlar bilan raqibi hozir bo'lardi. Oq So'yloq zoti va
katta-kichikligi turlicha itlar bilan olishishiga to'g'ri keldi. U vahshiyona
odatlar hukm surgan mamlakatda yashar, bu yerning odamlari ham
vahshiy edi, itlar jangi esa odatda raqiblardan birining o'lim i bilan
tugardi.
Ammo, Oq So'yloq omonsiz olishuvlarda qatnashar, binobarin
raqiblari jangdan omon chiqmasdi. U mag'lubiyat nimaligini bilmasdi.
Bolaligida Lip-Lip va gala-gala kuchukchalar bilan olishaverib pishib
ketgan Oq So'yloqning tajribasi hozir unga qo'l kelardi. Uning oyoqlari
baquw at edi va shu narsa joniga oro kirardi: raqiblaridan birontasiga
uni yiqitish nasib etmagandi. H am on tomirlarida ajdodlari — bo'rilar
qoni gupirib oqayotgan itlar o'zlari yoqtirgan jangovor usullarni ishga
solar edilar, raqibni gavda bilan urib yiqitish niyatida tikka yoki tuyqus
yonboshdan tashlanib qolishardi. Tozilar, ovchi itlar, ovcharkalar,
nyufaundlendlar Oq So'yloqni shu yo'l bilan yiqitishga besamar urinib
ko'rishardi. Shu choqqacha Oq So'yloqning kalovlanib qolganini kimsa
ko'rmagan edi. Odamlar bu haqda bir-birlariga so'zlab berishar va har
safar, endi albatta yiqitishadi deb kutishar, ammo Oq So'yloq umidlarini
puchga chiqarardi.
Oq So'yloq favqulodda chapdast va shiddatli edi, shu bilan birga
yashindek tezkorligi bilan raqibini dog'da qoldirardi. H atto eng tajriba-
lilari ham bunaqa chapdast itni uchratmagandilar. Uning kutilmagan
hamlalarini aytmaysizmi?! Odatda jang boshlanishidan oldin itlar tish
larini taqillatish, hurpayib olish, irillashlardan so'ng jang boshlanardi.
Oq So'yloq bilan olishgan aksari itlar esa hali jang boshlanmayoq kutil
magan hamladan o'nglanm ay oyog'i osm ondan kelar va kuni bitar edi.
Hadeb shunday bo'laverganidan, raqibining belgilangan qoidani baja-
rishiga va hatto birinchi bo'lib tashlanishga imkon yaratish uchun Oq
So'yloqni ushlab turadigan bo'lishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: