ketardi. Uzunligi besh fut1, bo'yi ikki fut, og‘irligi to ‘qson funt2 keladigan
bu it eng yirik, bahaybat bo'ridan ham yirikroq edi. Bu jihatdan onasiga
tortgan, badanida esa bir paysa yog‘ yo'q edi. U ning jismi bamisli
mushak, suyak, paylardangina iboratga o ‘xshar — jangari itlar singari
vaznida bir to'g'ram ortiqcha go'sht sezilmasdi.
To'siq eshigi yana qiya ochildi. Oq So'yloq to'xtab eshikka qaradi.
Qandaydir tushunuksiz voqea yuz berayotgandi. Eshik kengroq ochildi
va to'satdan ichkariga bahaybat itni qo'yib yuborishdi-yu, o'sha zahoti
eshik qarsillab yopildi. Oq So'yloq umri bino bo'lib bunaqa it zotini
ko'rmagan edi (u mastif edi), lekin begona itning haybati va vahmasidan
andak bo'lsin esankirab qolmadi. Uning qarshisida daraxt emas, temir
emas, tirik mavjudot turar va alamini undan olishi mumkin edi. U
tishlarini yaraqlatib mastifga sapchidi va uning bo'ynidan g'archcha
tishladi. M astif boshini siltab tashladi-da, irillagancha Oq So'yloqqa
tashlandi. Jang keskin tus oldi. Oq So'yloq u yoqdan-bu yoqqa irg'ishlar,
raqibiga chap berar, shu bilan birga uni tishlab ham ulgurar edi.
Tomoshabinlarqiyqirar, olqishlar, Xushro'y Smit esa terisiga sig'may
raqibining holini tang qilib qo'ygan Oq So'yloqqa suq bilan tikilardi.
Boshidanoq beso'naqay, qovushmagan mastifning yengilishi aniq edi.
darhaqiqat jang ham Xushro'y Smitning Oq So'yloqni tayoq bilan urib
haydashi, chalajon mastifni esa tashqariga sudrab chiqishlari bilan
yakunlandi. Keyin garov o'ynab yutqizganlar pulini berishdi-yu. Xushro'y
Smit mo'maygina pul yutib oldi.
Shu kundan e’tiboran Oq So'yloq g'ov atrofida yana odamlar to'pla-
nadigan lahzalami sabrsizlik bilan kutadigan bo'ldi. Chunki odam to'planishi
jang bo'ladi degani, jang esa nimalarga qodir ekanligini namoyish etish
uchun yagona imkon berardi. Qafasda — tutqinlikda o'tiraverib, xo'rlik va
qiynoqlardan vahshiylashgan Oq So'yloq egasi yoniga biron itni kirgizib
yuborgan chog'da nafratini o'sha itga sochar va shu tariqa jon-jonini,
butun o'rtab yuborgan alamdan xalos bo'lardi. Chamasi, Xushro'y Smit
Oq So'yloqning kuch-quwatini hisobga olgan holda ish tutardi. Chunki
Oq So'yloq bunday omonsiz olishuvlardan doim g'olib chiqardi. Bir kuni
uning yoniga ketma-ket, navbat bilan uchta itni qo'yib yuborishdi. Bir
necha kundan keyin esa hozirgina tutib keltirilgan bahaybat bo'rini qo'yishdi.
Boshqa safar birvarakayiga ikkita it bilan olishishiga to'g'ri keldi. U ishtirok
etgan janglarning eng og'iri shu bo'ldi, garchi ikkala raqibini tinchitgan
bo'lsa ham, jang nihoyasida o'zi ham hoidan toydi.
Kuzda, birinchi qoryog'ib daryo betini yupqa muz qoplagan mahal
X ushro'y Smit Oq So'yloq bilan kemada Yukon daryosi orqali Dousonga
Do'stlaringiz bilan baham: