O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Raqamli texnologiyalar fakulteti
Amaliy matematika va informatika yo`nalishi
403- guruh talabasi SHUHRATOV LAZIZning
Pedagogik amaliyot bo`yicha
HISOBOTI
Amaliyot obyekti: Samarqand viloyati Oqdaryo tumani xalq ta`limi bo`limi 54-umumiy o`rta ta`lim maktabi
Ta`lim muassasasi direktori: Xamrayev Yo. MO`
Ustoz o`qituvchi:
Guruh rahbari:
Metodist:
Hisobot Oqdaryo tumani xalq ta`limi bo`limi 54-umumiy o`rta ta`lim maktabi pedagogik kengashining 2022 yil ___ _____dagi___-son yig`ilishida muhokama etildi va amaliyotchi talaba faoliyati ____ ball bilan baholandi
Samarqand-2022
Samarqand Davlat Universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti Amaliy matematika va informatika yo`nalishi 4-kurs talabasi Shuhratov Lazizning Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 54-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`tkazilgan pedagogik amaliyotiga
HISOBOT
Men pedagogik amaliyotni Oqdaryo tumanidagi 54-umumta`lim maktabida 6-sentyabrdan 30-aprelgacha matematika va informatika o`qituvchilari bilan birgalikda o`tkazdik. 4-sentyabr kuni Raqamli texnologiyalar fakulteti Amaliy matematika va informatika yo`nalishi 4-kurs talabalari uchun pedagogik amaliyot konferensiyasi bo`lib o`tdi. Konferensiyada Raqamli texnologiyalar fakulteti o`qituvchilari va talabalari qatnashdilar. Konferensiyada talabalarga kerakli bo`lgan barcha maslahat va ko`rsatmalar berildi.
Men va menga biriktirilgan o`qituvchilar bilan birgalikda 7-sentyabr kuni 44-maktabga bordik. Bizni maktab ma`muriyati ochiq chehra bilan kutib olishdi. Maktab direktori Xamrayev Yo. maktab hayoti, qonun qoidalari bilan tanishtirdi. O`qituvchilik naqadar og`ir va shu bilan birgalikda sharafli kasb ekanligini ta`kidlab o`tdi.
Bizga biriktirilgan o`qituvchilar va maktab direktor o`rinbosari birgalikda maktab o`qituvchilar biriktirildi. Men Shuhratov Lazizga Yusupov N biriktirildi. Bundan tashqari menga sinf biriktirildi. Menga 9-“A” sinf biriktirildi. Bu sinf rahbari Yusupov N ekan.
Shundan boshlab bizlar bosha o`qituvchilar darsini kuzatish va tahlil qilish uchun kirdik. O`qituvchilarni qanday metodlardan foydalanishi ularni o`quvchilarni qiziqtirish malakalari bilan tanishdik.
Men I chorakda 5-9-10-11- sinflarga informatika fanidan har juma shanba kunlari dars o’tdim. Dars o’tish jarayonida ular bilan sinov testlari bundan tashqari 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni bilan kichik tadbir yig’ilishi ham o’tqazdik. 9-sinflar bilan birgalikda ochiq dars tashkil qildim.
I chorak yakunida o’tilgan mavzular buyicha test, yozma ish, qiziqarli krasvord ko’rinishida sinov natijalarini oldim va o’quvchilar munosib baholandi.
Men II chorakda 5-9-10-11- sinflarga informatika fanidan har juma shanba kunlari dars o’tdim. Dars o’tish jarayonida ular bilan sinov testlari bundan tashqari 8-dekabr Konustitutsiya hayotimiz qomusi hamda yangi yil munosabati bilan kichik tadbir yig’ilishi ham o’tqazdik.
9-sinflar bilan birgalikda ochiq dars tashkil qildim.
II chorak yakunida o’tilgan mavzular buyicha test, yozma ish, qiziqarli krasvord ko’rinishida sinov natijalarini oldim va o’quvchilar munosib baholandi.
Men III chorakda 5-9-10-11- sinflarga informatika fanidan har juma shanba kunlari dars o’tdim. Dars o’tish jarayonida ular bilan sinov testlari bundan tashqari 1-mart Zulfiya xonim tug’ilgan kuni, 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami hamda Navro’zi olam munosabati bilan maktab jamoasi bilan kichik tadbir yig’ilishi ham o’tqazdik.
9-sinflar bilan birgalikda ochiq dars tashkil qildim.
Ustoz o’qituvchilar darslariga kirib ularning dars o’tish metodlari bilan tanishdim fikr almashdim va malaka oshirdim.
III chorak yakunida o’tilgan mavzular buyicha test, yozma ish, qiziqarli krasvord ko’rinishida sinov natijalarini oldim va o’quvchilar munosib baholandi.
Men IV chorakda 5-9-10-11- sinflarga informatika fanidan har juma shanba kunlari dars o’tdim. Dars o’tish jarayonida ular bilan sinov testlari bundan tashqari
9-sinflar bilan birgalikda ochiq dars tashkil qildim.
Ustoz o’qituvchilar darslariga kirib ularning dars o’tish metodlari bilan tanishdim fikr almashdim va malaka oshirdim.
Darslar davomida o’tilgan mavzular buyicha test, yozma ish, qiziqarli krasvord ko’rinishida sinov natijalarini oldim va o’quvchilar munosib baholandi.
Men o`zimga biriktirilgan sinfga ya`ni 9-“A” sinfga informatika va matematika darsini olib borish uchun darsga kirib sinfga kirib uyga vazifalarni so`rab, yangi mavzuni tushuntirib, sinf o`quvchilarini e`tiborini jamlab dars o`tdik. 7,13,27-noyabr kunlari ham shu tarzda dars o`tdik.
Menga biriktirilgan sinfga sinf rahbari sifatida qilinadigan ishlar bilan tanishib, kerakli haujjatlarni tayyorladim. 9-“A” sinf uchun tarbiyaviy ishlar olib boorish ular bilan va ularning ota-onalari bilan suhbatlar olib bordik.
16-aprel kuni oxirgi ochiq dars ko`rinishida dars o`tdim. Unda alohida ko`rgazmali qurollar va metodlar yordamida dars o`tishga harakat qildim. Bu darsda ancha malakam va ko`nikmalarim oshib qolgani uchun qiziqarli va yaxshi o`tdim. Bunda menga biriktirilgan 9-“A”sinf ham katta yordam berdi. Ular o`z zukkolik va tartibliligini shu darsda namoyon qildi.
Mana pedagogik amaliyot ham tugadi. Menda ushbu amaliyotda juda katta yaxshi taassurot qoldirdi. O`quvchilar bilan qanday ishlash, ularni fikrini bir joyga jamlay olish, darsga qiziqishini oshirish, sinf rahbari sifatida qilinadigan ishlar, ularning ota-onasi yoki qaramog`iga olgan kishilar bilan shug`ullanish, iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash, ularning bilimini yanada oshirish va rag`batlantirish kabi narsalarni o`rgandim. Xudo xohlasa kelajakdagi ish faoliyatimga ushbu amaliyot katta dars bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |