Darsgacha gimnastika mashqlari. Uning maqsadi - o`quvchilarning aqliy ish qobiliyatlari va oldilarida turgan o`quv faoliyatlariga tayyorlash hamda a`zolardagi salbiy holatlarning oldini olish, uzoq vaqt harakatsizlikda bo`lgan vaziyatni yo`qotish. Majmua mashqlari qiyin bo`lmagan 5-6 ta mashqlardan jismoniy tarbiya o`qituvchisi yoki yuqori sinf o`quvchisi, o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriq asosida qoidaga muvofiq tuziladi va mashg`ulotlar ochiq havoda o`tkaziladi.
Jismoniy tarbiya daqiqasi. Uning maqsadi - hordiq chiqarish, o`quvchilar ish qobiliyatini oshirish. Ular birinchi darsdan boshlab sinfda o`tkaziladi. Jismoniy tarbiya daqiqalarining majmuasi 3-5 mashqdan iborat bo`lib, 2-4 daqiqa davomida fan o`qituvchisi rahbarligida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |