Radiotexnika - o„zgarmas yoki sanoat chastotasi 50 Gts ga teng bo„lgan chastotadagi
o„zgaruvchan tok energiyasini yuqori chastotali (yuz ming million va bir necha o„n milion gerts)
o„zgaruvchan tok energiyasiga aylantirib berish elektromagnit tebranishlar va to„lqinlarni hosil
qilish, ularni tarqatish, qabul qilish shuningdek biror axborotni radioto„lqinlar orqali uzatish,
qabul qilish kabi masalalarni o„rganadi.
Elektronika - elektrovakuumli va yarim o„tkazgichli asboblarni ishlab chiqarish va hozirgi
zamon qurilmalarida ishlatish kabi masalalarni o„rganadi.
Radiotexnika fanining rivojlanishida XIX asrda fizika sohasida qilingan ko„pgina
kashfiyotlar juda katta ahamiyatga ega bo„ldi. Masalan:
- Faradey tomonidan kashf etilgan elektr va magnit maydonlarning o„zaro ta‟sir hodisalari
ya‟ni o„zaro aloqadorligi.
- J.Maksvellning elektromagnit maydon xususiyatlarini ochib beruvchi tenglamalarini
ko„rsatish mumkin. Bu tenglamalarda elektromagnit to„lqinlarning mavjudligi va ular yorug„lik
tezligiga teng bo„lgan tezlik bilan tarqalishi nazariy holda keltirilgan edi.
- Maksvell nazariyasi to„g„riligini birinchi marta nemis olimi G.Gerts (1886 – 1988 yil)
amalda isbotladi. Lekin Gerts elektromagnit to„lqinlarini amalda hosil qilsada, ammo ulardan
texnikada foydalanib bo„lmaydi deb hisobladi.
- Mana shu kuchsiz uchqunda kelajak aloqa vositasini ko„ra olish uchun tadqiqotchi buyuk
olim bo„lishi zarur edi.
Bu ixtiroga rus olimi A.S.Papov 1895 yil 7 may kuni Petrburg rus fizik va ximiklari
jamiyatida o„zining ixtirosi haqida ma‟ruza qildi. Bu ixtirodan bir yil o„tgach italyan injeneri
Markoni radio aloqa ishlarini amalga oshirib ko„rsatdi. Eng oddiy elektron asboblaridan bir
vakkumli diodni 1883 yilda Amerkalik T.A.Edison ixtiro qilgan. U oddiy chug„lanish tolali elektr
lampochkasi ichiga yana bitta elektrod joylashtirganda ular orasida hosil bo„lgan tok faqat bir
tarafga yo„nalganligini kuzatgan.
Dioddan o„tayotgan tokning elektronlar oqimidan iborat ekanligini J.Tomson (ingliz)
ko„rsatib bergan.
Birinchi vakkumli triodni 1906 yilda amerkalik Lui de Forist ixtiro qilgan. Agar
radiotexnika tarixiga nazar tashlaydigan bo„lsak, umuman olganda radiotexnikaning rivojlanish
tarixini 3 davrga bo„lish mumkin.
- Birinchi davrda (1895-1920) asosan uzun to„lqinlardan foydalangan holda telegraf aloqasi
yo„lga quyildi.
- Ikkinchi davrda (1920-1955 ) elektron lampalardan keng foydalanildi. Radio qurilmalarda
elektrovakuumli lampa keng miqyosda ishlatildi.
- Uchinchi davrda (1955) yildan boshlab yarim o„tkazgichli asboblar keng qo„llanila
boshlandi.
Yarim o„tkazgichlarning o„zgaruvchan tokni to„g„rilash xususiyatini 1875 yilda nemis olimi
K.F.Braun sezgan edi. Birinchi yarim o‘tkazgichli triod ya’ni tranzistorni AQShda D.Bardin
Do'stlaringiz bilan baham: |