2.2. Rentgen nurlarining yutilishi va tabiati
Rentgen nurlarining yutilishi
Yuqorida aytib o’tilganidek, Rentgen nurlarining intensivligini ularning metallarda yutilishida chiqaradigan issiqlik miqdoriga qarab aniqlash mumkindir. Bu yerda I- nurlarning yutilishdan keyingi intensivligi, I0-yutuvchi moddadga tushayotgan nurlanishning intensivligi, d-yutuvchi qatlamning santimetr hisobidagi qalinligi, µ-nurning qattiqligini xarakterlovchi yutilish koeffitsiyenti.
µ=1/d0 ekanligi ko’rinib turibdi, bu yerda d0-nurlar intensivligini e=2,718 marta kamaytiradigan qatlamning qalinligi. Bazan Rentgen nurlarining qattiqligini ularning intensivligini ikki marta susaytiradigan tayinli bir moddaning (odatda alyuminining ) yutuvchi qatlami qalinligi orqali xarakterlanadi. Bu D qalinlik d0 va µ bilan quidagi soddagina munosabat orqali bog’lanadi:
Rentgen nurlarining kattaligi xilma- xil bo’lishi mumkin. Alyuminiy D ning qiymati 0,0006 dan 6 sm gacha o’zgaradigan yani bu qiymat 10 000 marta o;zgaradigan nurlar ishlatiladi. Qiyinlashtiradiki , trubkadan chiqadigan Rentgen nurlari juda bir jinsli bo’lmaydi, yani bu nurlar qattiqligi turlicha bo’lgan nurlar <> iborat.Bu nurlarni yutuvchi modda orqali o’tkazib , biz yumshoqroq nurlarni tutib qolamiz va shu tariqa bir jinsliroq dasta hosil qilamiz. Filtrlashning bu usuli ancha qo’pol bo’lib, juda bir jinsli monoxramatik nurlar olishga imkon bera olmaydi.Xozirgi vaqtta biz odattagi to’lqin uzunliklari optikasidagi monoxromatizatsiya qilinadi. Monoxromatikligi jixatidan yorug’lik nurlaridan past bo’lmagan nurlar shunday qilib xosil qilinadi va ularning yutilish koeffitsiyenti yutuvchi moddaning ρ zichligiga bog’liq va taqriban olganda zichlikka proporsional deb hisoblash mumkin.Aniqroq aytganda, yutilish yutuvchi moddaning qatlam qalinligi birligidagi atomlari soni orqali belgilanadi.Bir atomdan boshqalariga o’tilganda esa yutilish atom og’irlik ortishi bilan ortadi, to’g’rirog’i, yutilish atom nomerining kubiga proporsional bo’lgani holda atomning Z nomeri ortishi bilan tez ortadi. Rentgen nurlarining qattiqligi tushunchasini aniqlagan Rentgenning o’ziyoq qattiqlik Rentgen trubkasining rejimiga bog’liq ekanligini ko’rsatdi:anod bilan elektronlarni tezlashtiradi) , yani anodga yog’iladigan elektronlarning tezligi qancha katta bo’lsa Rentgen nurlari shuncha qattiq bo’ladi. Shunday qilib, qizitilma katodli ayni birtrubka qattiqligi har qanday bo’lgan Rentgen nurlari olishga xizmat qila oladi ;nurlar qattiqligi tezlatuvchi maydon bilan aniqlanadi (boshqariluvchi trubkalar) . Bu turga qarashli trubkalarda potensiallar farqi ortishi bilan nurlarning qattiqligi tez ortadi. Tajribaning ko’rsatishicha , bunday trubkaning nurlarni yutishining o’rtacha µ koeffitsenti anod bilan katod orasidagi V potensiallar farqining kubiga taxminan teskari proporsonal , yani
Do'stlaringiz bilan baham: |