Energetik yorqinlik
Yorqinlik nurlanish oqimining sirt-burchak bo‘yicha zichligini aniqlaydi. ravshanlik ma’lum uzunlikka ega manbalarning tavsifi hisoblansa, nurlanish kuchi esa nuqtaviy manbaning tavsifidir.
Energetik yorqinlik – bu birlik yuzadan, birlik fazoviy burchakdan tarqalayotgan yorug‘lik oqimiga teng kattalikdir.
Nurlanish oqimining tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan dS elementar yuza ajratib olsak, unda energetik yorqinlik quyidagicha aniqlanadi:
, (1.10)
Energetik yorqinlik birligi qilib, yuzasi 1 m2 bo‘lgan yassi yuzaga perpendikulyar yo‘nalishda tarqalayotgan yorug‘likning energetik kuchi 1 Vt/sr ga teng bo‘lgan yorqinlik qabul qilingan.
Umumiy holda:
Bu erda – nurlanishning tarqalish yo‘nalishi bilan yuzaga o‘tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak (2.1.4-rasm).
1.4 – rasm. Energetik yorqinlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |