KFK— 2 fotoelektrokolorimetrning ishlash printsipi.
KFK-2 konsentrsion fotoelektrokorimetri qattik jism va suyuqliklar
eritmalarining o`tkazish koeffitsientlarini, optik zichliklarini, shunidek
svetofiltrlar yordamida ajratib olinadigan 315 dan to 980 nm gacha bo`lgan
tulqin uzunliklari oralig`ida darajalash grafigini tuzish metodi yordamida
eritmalardagi moddaning konsentratsiyasini o`lchashga mo`ljallangan.
Bu kolorimetr yordamida utkazish koeffisentini aniklash prinsipi,
tekshirilayotgan eritma va erituvchidan utgan yoruglik okimining nisbatini
ulchashga asoslangandir.
KFK-2 FEK ning optik sxemasi 1-rasmda keltirilgan.
1-lampadan kelayotgan yorug`lik 2- kondensor yordamida ma'lum
diametrli parallel nurlar dastasiga shakllanadi, keyin 3-svetofiltrdan va 4-
tekshiriladigan eritmali (erituvchi) kyuvetadan o`tib, fotopriemniklardan
biriga tushadi, ularning har qaysisi spektrning ma'lum oralig`ida ishlaydi:
-
fotoelement f-26 (6) - 315 + 540 nm oraligida. fotodiod FD -24 K (7) - 590+980 nm oralig`ida ishlaydi.
Fotopriemniklar oldida yorug`lik oqimini ikki qismga bo`ladigan
ajratuvchi plastina (5) joylashgan, u yorug`lik oqimining 10% ni FD -24 K ga;
90% ni fotoelement F -26 ga yo`naltiradi.
Kolorimetrda mikroanaliz o`tkazish uchun har xil kyuvetalar to`plami
joylashtiriladigan maxsus moslama nazarda tutilgan.
Ulangan fotopriemniklarning toki o`zgarmas tok kuchaytirgichi yordamida
kuchaytirilib, ko`rsatishi tekshiriladigan eritmadan (yoki erituvchidan)
o`tadigan yorug`lik oqimiga proportsional bo`lgan mikroampermetr -1 (2-
rasm) ga uzatiladi.
Mikoampermetrning shkalasi o`tkazish koeffitsienti va optik zichlik
birliklarida darajalangan.
Rangli svetofiltrlar shunday tenlanganki, u eritma o`tkazadigan yorug`lik
to`lqin uzunliklarini yutishi lozim. Shunda tekshiriladigan eritma va toza
erituvchining optik zichliklari orasidagi farq maksimal bo`ladi.
KFK -2 kolorimetri 3-ruchka bilan almashtiriladigan II ta svetofiltrga ega
(2-rasm).
Spektrning muayyan soxasida ishlaydigan fotopriyomnik
«Чувствительность» 5 -ruchkasi yordamida ulanadi.
Bunda kolorimetrning yuz tomonida qora rangda yozilgan «1», «2», «3»
holatlar, qora rangda yozilgan 315, 364, 400, 4406, 490, 540 nm li
svetofiltrlar qo`llanilganda ishlatiladi. Bu holda fotoelement F-26 ishlaydi.
Qizil rang yozilgan «1», «2», «3» holatlar, qizil rangda yozilgan
590,670,750,870,980 nm li svetofiltrlar qo`llanilganda ishlatiladi. Bu holda
FD - 24 K fotodiodi ishlaydi.
Yorug`lik dastasi yo`lidagi kyuvetalarning almashtirish 4-ruchkani
oxirigacha surish yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |