O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
"Telekomunikatsiya injiniringi" kafedrasi
“Optik aloqa tizimlari” fanidan
Mavzu: Optik aloqa tizimlarining liniya traktida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar. Optik retranslyatorlar, ularning turlari.
Bajardi: Aliqulov.S
Qabul qildi: Nurmurodov.J.X
SAMARQAND – 2022
Mavzu: Optik aloqa tizimlarining liniya traktida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar. Optik retranslyatorlar, ularning turlari.
Reja:
Optik signallarni regeneratsiyalash.
Retranslyatorlar, ularning turlari regenerator va optik kuchaytirgichlar.
Optik signallarni regeneratsiyalash. Regeneratorning tuzilishi va ish prinsipi.
1. Optik signallarni regeneratsiyalash.
Optik nurlanishni berilgan to‘lqin uzunligida uzatuvchi va kabeldagi so‘nishlarni yo‘qotishni, disperciya tufayli buzilgan signallarni to‘g‘rilashni, berilgan shovqindan himoyalanganlikni ta’minlovchi optik aloqa liniyasining texnik qurilmalar yig‘indisi optik liniya trakti deyiladi.
Optik signallar tola bo‘ylab uzatilganda yorug‘lik nurini optik tola materialida yutilishi va sochilib ketishidan so‘nadi. Dispersiya esa signalning spektral va moda tashkil etuvchilarini vaqt bo‘yicha sochilib ketishiga, ya’ni ularni turli vaqtlarda tarqalishiga olib keladi. Dispersiya tufayli optik signal impulslarini davomiyligi va ko‘rinishi o‘zgaradi, impulslar kengayib ketadi.
Bu holatlarni hammasi optik tolali uzatish tizimlarining retranslyatorsiz uchastkasining maksimal uzunligini chegaralaydi. Agar uzatgich va qabul qilgich orasidagi ruxsat etilgan maksimal uzunlik oshirilsa, u holda liniya traktining oraliq stansiyalarida bir yoki bir necha retranslyatorlarni joylashtirish kerak.
TOA liniyalari bo‘ylab signallarni uzatish sifati minimal ruxsat etilgan signal-shovqin nisbati yoki shovqindan himoyalanganlik bilan baholanadi. Raqamli uzatish tizimlarini analog uzatish tizimlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga egaligi sababli raqamli TOA tizimlarini shovqindan himoyalanganligi 20-25 dBq dan, analog uzatish tizimlari uchun esa 50-60 dBq dan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
Elektr kabelli tizimlarning liniya traktidan farqli ravishda optik tizimlarning chastota oralig‘i (yoki uzatish tezligi) bir necha marta katta. Bu optik tashuvchilarni juda ham yuqori chastotaga (1015Gts gacha) egaligi bilan tushuntiriladi. Optik kabellarda so‘nish juda kichikligi ( =1,55 mkm da =0,2 dB/km gacha) sababli regeneratorlar orasidagi masofa 100 km gacha bo‘lishi mumkin. Bu ham optik liniya traktining ahamiyatli tomonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |