Optik aloqa tizimlarining aktiv elementlari



Download 238 Kb.
bet1/5
Sana08.12.2022
Hajmi238 Kb.
#881417
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-Ma\'ruza OAT


12- MA’RUZA


OPTIK ALOQA TIZIMLARINING AKTIV ELEMENTLARI.
OPTIK ALOQA TIZIMLARINING NURLANISh MANBALARI


Reja:

4.1. Nurlanish manbalari. Optik nurlanish manbalariga qo‘yiladigan talablar


4.2. Yarimo‘tkazgichli optik nurlanish manbalarining ish prinsipi.
4.3. Yorug‘lik diodlari. Yorug‘lik diodlarining turlari, xarakteristika va parametrlari.
4.4. Lazer diodi (LD), uning xarakteristika va parametrlari.
4.5. Lazer diodining turlari: ko‘p modali va bir modali lazerlar.
4.6. Nurlanish manbalarining qiyosiy tavsifi, ularga tashqi omillarning ta’siri.
4.7. Optik signalni uzatuvchi modul


4.1. Nurlanish manbalari. Optik nurlanish manbalariga qo‘yiladigan talablar

OA tizimlari nurlanish manbalariga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilar:


- nurlanish manbasining to‘lqin uzunligi optik tolalarning yo‘qotishlarining minimum spektral taqsimlanishlaridan biriga to‘g‘ri kelishi kerak;
- manba tuzilishi chiqishda bir muncha yuqori quvvatli optik signallarni nurlanishini va uni optik tolaga samarali kirishini ta’minlashi kerak;
- manba yuqori ishonchlikka ega bo‘lishi va ko‘p muddatga xizmat qilishi kerak;
- o‘lchamlari, og‘irligi va sarf qiladigan quvvati minimal bo‘lishi kerak;
- texnologiyalarning oddiyligi arzon narxlarni va yuqori ishlab chiqaruvchanlikni ta’minlashi kerak.
Muayyan tizim xususiyatlari nurlanish manbalari tavsiflariga bir qator o‘ziga xos talablar qo‘yadi. Bu talablar bir modali optik toladan foydalanish bilan axborotlarni uzoqmasofalarga uzatadigan yuqori tezlikli tizimlarda juda qat’iy hisoblanadi. Birinchi navbatda gap nurlanishning spektral tavsiflari xaqida ketadi. Bir modali optik tolada dispersiya tufayli nurlanish impulslarining kengayishi nurlanishni spektr kengligiga va signalllarni uzatish tezligiga proporsionaldir.
Kogerent usulli zamonaviy OA tizimlarida nafaqat qisqa spektrli, balki λ0 to‘lqin uzunligi uzoqmuddatga barqaror bo‘lgan manbalar zarur. Agarda qo‘shni kanallar o‘rtasidagi spektr oralig‘i katta bo‘lmasa, λ0 to‘lqin uzunligining yuqori barqarorligi spektr bo‘yicha ajratilgan tizimlarda ham zarur.
Tabiiyki, yuqori tezlikli tizimlarda nurlanish manbalarining dinamik tavsiflariga ham muhim talablar qo‘yiladi. Boshqa parametrlarini (moda tarkibi, yo‘nalish diagrammasi va boshqalar) jiddiy o‘zgarishisiz nurlanish fazasi, chastotasi yoki jadalligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri modulyatsiyalanishiga imkon beruvchi optik nurlanish manbalaridan foydalanish juda qulay.
Nisbatan past tezlikda signallarni yaqin masofalarga uzatuvchi tizimlarda: shahar, zona, binolar ichida va boshqa OA tizimlarda qo‘llaniladigan nurlanish manbalarining tavsiflariga nisbatan pastroq talablar qo‘yiladi. Bu tizimlarda pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli optik tolalardan foydalaniladi. O‘tkazishni chastota polosasi optik tolalarning modalararo dispersiyasi orqali aniqlanadi. Shuning uchun yuqorida aytib o‘tilgan OA tizimlarida kogerent manbalardan foydalanish o‘z ma’nosini yo‘qotadi.
OA tizimlari uchun optik nurlanish manbalarining uch sinfi ma’lum: yarim o‘tkazgichli, tolali va xajmli mikrooptik manbalar (mikrolazerlar). Ularning hammasi u yoki bu darajada yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob beradi, lekin faqat yarim o‘tkazgichli manbalar, ya’ni yorug‘lik diodlari va lazerlardan keng foydalaniladi. Yarim o‘tkazgich nurlanish manbalarining jadal rivojlanishi birinchi navbatda yuqori samaradorlik bilan elektr toki energiyasini bevosita optik nurlanishga aylantirishi, yuqori tezlikda tok bilan kuch berilishidan nurlanish parametrlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartirish imkoniyatini mavjudligi, og‘irlik va o‘lchamlarini kichikligi kabi OA tizimlari uchun muhim bo‘lgan ijobiy xususiyatlarning birikuviga bog‘liq.



Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish