Foydalanish muddatining uzoqligi. Tola vaqt o'tgan sari eskiradi, ya’ni yotqizilgan kabellarda so‘nish asta-sekin oshib boradi. Biroq, optik tola ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarining mu- kammallashuvi bu jarayonni sekinlashtirdi va foydalanish muddatini uzaytirdi. Tolali optik kabellardan foydalapish. muddati Jaxminan 25 yilni tashkil etadi.
Optik aloqa tizimlarining tasnifi
Ochiq optik aloqa tizimi va tolaii optik aloqa tizimlariga boiinadi. Axborotlar ochiq optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, ochiq optik aloqa tizimi (OOAT), tolali optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, tolali optik aloqa tizimi (TOAT) deyiladi.
OOATda nurlanish manbalari elektromagnit toiqinlarni ochiq fazoga nurlantiradi. OOATining uzatuvchi muhiti o‘z navbatida uch turga boiinadi: atmosfera, kosmik va suvosti aloqa muhitlari.
OATning asosiy yo‘nalishi TOAT hisoblanadi. TOATda elektro- magnit nurlanishlarning tarqalish yoiini tashkil etish uchun max- sus optik yomgiik uzatkich — optik tolalar qoilaniladi. Hozirgi vaqtda uzatish xarakteristikalari yuqori darajada boigan yomgiik uzatkichlar, optik tolalar ishlab chiqilgan. Ammo axborotlarni ochiq fazo va atmosferada uzatishga asoslangan OOAT ham, radioaloqa uchun ajratilgan chastotalarni toidimvchi vosita sifatida qiziqishlarni namoyon etadi.
Optik aloqa tarmog‘i bu tugunlar orasi optik uzatish muhiti orqali bogiangan aloqa tarmogidir. Tugunlar orasi tolali optik uzatish muhiti orqali bogiansa, tolali optik aloqa tarmogi, ochiq optik uzatish muhiti orqali bogiansa, ochiq optik aloqa tarmogi deb ataladi. Qoilaniladigan modulyatsiya turiga ko‘ra analog va raqamli OAT ga bo‘linadi.
Analog OAT da modulyatsiyaning analog usullari: amplituda, chastota va faza modulyatsiyasi turlari qoila- niladi. Optik nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va analog uzatish uchun talab etiladigan shovqin bardoshlilikni ta'minlash texnik murakkabligi sababli analog OAT dan foydalanish chegara- langan. Shunga qaramay bir qator sohalar (optik kabelli televide- niye, telemetriya, operativ va xizmat aloqa tizimlari)da qo‘llaniladi. Raqamli OATda modulyatsiyalashning diskret usullaridan foydalaniladi. Bunda signal tashuvchining biron-bir parametri diskret o‘zgaradi, ya’ni boshlang‘ich parametrning qiymatlar sohasi kvantlash sathlariga bo‘linadi, har bir kvantlash sathiga mos ravishda aniq diskret signal qo'yiladi. Hozirgi kunda raqamli OATdan keng foydalanilmoqda. Chunki raqamli OAT analog OATga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: shovqin bardoshliligi yuqori, signalni uzatish sifati liniya trakti uzunligiga kam bog'liq, texnik iqtisodiy ko'rsatkichlari yuqori va boshqalar.
Vazifasi va signallarning uzatish masofasiga ko‘ra, OAT ma- gistral, mintaqaviy, mahalliy-shahar va qishloq aloqa tizimlariga bo'linadi. Magistral OAT signallarni 1000 km ga, mintaqaviy OAT signallarni 600 km ga uzatish, shahar OAT shahar telefon tarmog'ining bog‘lovchi liniyalarini zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda bugingi kunda O‘zbekiston Respublikasida ham telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish borasida ko‘p ishlar amalga oshirildi. Bu maqsadda 1995-yil 1-avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «2010-yilgacha muddatda O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish Milliy dasturi» qabul qilindi. Ushbu dasturga muvoflq 1995— 1997-yillarda TOO (Trans-Osiyo-Ovropa) magistralining jahon standartlariga mos keluvchi raqamli transport tarmog‘ining Milliy segmentini qurish boshlandi va uzunligi 998 km dan ortiq magistral tolali optik aloqa (TOA) liniyasi foydalanishga topshirildi. TOA Milliy segmentida «Simens» (Germaniya) firmasining tolali optik kabellaridan foydalanildi.
1995— 2000-yillarda OECF (Yaponiya) loyihasi doirasida 1080 km uzunlikda hududiy TOA liniyasi qurildi va foydalanishga topshirildi.
1996— 1997-yillarda Toshkent shahrida «Simens» tolali optik kabellarini qo‘llab, barcha elektron ATS larni, shuningdek, tugunli analog ATS larni birlashtiruvchi katta transport halqa qurildi.
2001-yilda EDSF (Koreya) loyihasi asosida Andijon va Farg‘ona viloyatlarining hududiy telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta ta’mirlash amalga oshirildi. Loyiha natijasida umumiy uzunligi 354 km bo‘lgan hududiy TOA liniyasi qurildi.
Hozirda tashqi iqtisodiy birdamlik Yaponiya banki krediti hisobiga Farg‘ona vodiysining uch viloyatining halqali tarmoqlari qurildi, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlarida halqali hududiy tele- kommunikatsiya tarmoqlari qurildi. Buxoro — Nukus uchastkasida TOA liniyasining Buxoro — Navoi — Zarafshon — Uchquduq — Nukus TOA liniyasi orqali zaxiralash ishlari amalga oshirildi. Bu loyiha doirasida 2000 km magistral va 700 km hududiy TOA liniyalari yotqizildi. Bu loyiha o‘z-o‘zini tiklovchi halqali tuzilish va raqamli uzatish tizimlarini qo‘llash asosida kanal hamda traktlarning zaxirasini ta'minladi, natijada aloqa tarmoqlarining ishonchliligi yanada oshdi.
O‘zbekiston telekommunikatsiya tizimining 28 yo‘nalish bo‘yi- cha dunyoning 180 ta mamlakatiga chiqadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro kanallari mavjud. Bularda ham tolali optik, shuningdek, sun’iy yo‘ldoshli tizimlardan foydalanilmoqda. Butun tarmoq nafa- qat bugungi kunda balki keyinchalik ham hozirgidan ko‘proq axborot o‘tkazish quwatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va respubliv liukumatining doimiy e'tiborlari tufayli axborot-kommunikatsiyalash tizimlarini modermzatsiyalash - ularni to’liq raqamlashtirish tolali optik tarmoqlarni yaratish sohasida salmoqli yutuqlar qo’lga kiritildi. Jumladan, 1997 yilda Osiyo va Yevropa mamlakatlarini bog'lovchi qit alararo tolah optik tarmoqning uzunligi 993 km li milliy segmentim o‘tkazish va ishga tushirishga muvaffaq bo’lind. Bugunga kelib mamlakatimizning turli hududlarini bog‘lovchi tohr oplik tarmoqlarinmg umumiy uzunligi 6000 km dan ko‘proq tashkil ctadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |