Patologik anatomiyasida bronxlarning cilindrsimon, segmentli va varikoz kengayishi farqlanadi. U turlicha joylashishi mumkin, k`opincha chap o`pkaning pastki b`olagida joylashadi.
Klinik k`orinishi. Kasallik rivojlanish davriga qarab xar xil k`orinadi.
Uzoq vaqtgacha kasallikning klassik belgilari yuzaga chiqmasligi mumkin. Asosan yilning sovuq vaqtida y`otal bezovta qiladi va balgam ajraladi. Y`otal kuchsiz xamda kuchli va xurujli b`olishi mumkin. Kasallikning ancha kechki davrida ertalab yotal xuruji tutib, ogiz t`ola balgam ajralishi kasallikka xos.
Ertalab balgam miqdori bir kunda ajraladigan miqdorning 2/3 qismiga teng.
Bemor k`opincha gavdasini oldinga egganda, tana vaziyati o`zgarganda yoki soglom tomonga yonboshlaganda balgam ajraladi. Balgamning bir kunlik miqdori 0,5-1,0 l gacha etishi mumkin. Kasallik zuraygan davrda balgam k`opincha 2-3 qavatga ajraladi. Qon tuflash kuzatilishi xam mumkin. Bunday xol kengaygan bronxlarda yiringlash jarayoni b`olmagan vaqtda uchraydi. Kasallik sust kechganda xarorat k`otarilmaydi, ammo balgam ajralishi saqlanib qoladi.
K`opincha yiliga bir necha marta zotiljam kuzatiladi. Umumiy axvoli va ishtaxasi qoniqarli, keyinchalik yuzning oqarishi, k`okarishi, salqishi va k`op terlash kuzatiladi. K`ol va oyoq barmoqlari “nogora chupiga” o`xshab qoladi. K`okrak qafasining shikastlangan tomoni botiq b`olib, nafas olishda qatnashmaydi.
Paypaslashda tovush titrashi kuchaygan. Tukilltganda shikastlangan qism atrofida b`ogiq tovush aniqlanishi mumkin. Emfizema birga kelsa qutusimon tovush eshitiladi. Bazan bronxlarning kengayishida (balgam ajralgandan s`ong) timpanik tovush va b`oshliqqa xos belgilar aniqlanadi (Vintrix-Gergart).
Eshitib k`organda malumotlar juda xilma –xil: u o`choqning joylashishiga, kattaligiga, zurayish davriga bogliq. Susaygan vezikulyar, kamroq bronxial va juda xam siyrak amforik nafas eshitaladi. Ayniqsa uzoq vaqt eshitiladigan xar xil kattalikdagi nam xirillashlarning b`olishi kasallikka xos, u bazan o`pkaning bir qismida, k`opincha pastki b`olagida k`op yillar davomida eshitiladi. Xirillashlarning bu o`zgaruvchanligi va doimiy bir joyda eshitilishi kengaygan bronxlar borligining muxim belgisi xisoblanadi. Rentgenologik tekshirishda bronxlar kengayganligini qator belgilar: kuchaygan o`pka surati fonida katakchali qishayish, o`pka xajmining kichrayishi, o`pka qirasining zichlashishi, bronx oldi sklerozi va b`oshqalar orqali aniqlash mumkin.
Kasallik qaytalagan vaqtda qon tekshirlganda neytrofilli limfocitlar k`opayganligi aniqlanadi, ECHT ortadi, keyinchalik gipoxrom temir etishmovchiligi kamqonligi paydo b`oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |