Asosiy buyruqlar:
13.1. Customize User Interface … – interfeysni sozlash.
13.2. Load/Save Custom UI Scheme – interfeysning
foydalanuvchi sxemasini yuklash/saqlash.
13.3. Show UI – turli xildagi uskunalar panelini ko‘rsa-
tish/yashirish.
13.4. Configure User Paths … (Foydalanuvchi yo‘lini
konfigurasiyalash) – ochiladigan oynada foydalaniladigan barcha materiallar
(sahna, tekstura, materiallar kutubxonasi va boshqa fayllar) uchun yo‘llar
tayinlangan.
13.5. Configure System Paths … – asosiy (tizimli) papkalar konfigurasiyasi.
13.6. Units Setup (O‘lchov birligini sozlash) – ochiladigan oynada metrik
o‘lchovlar sistemasini (mm, sm, km), US Standard (dyumlar, futlar), muharrirning
o‘zini o‘lchov birligini tanlash, yoki o‘zi o‘lchov birligini yaratishi mumkin. Bu
obyektni keraklicha geometrik o‘lchamlarda loyihalash imkonini beradi.
13.7. Plug-in Manager … (Qo‘shiladigan modellar menedjeri) – turli xil
muharrirlarga (nafaqat uch o‘lchovli) qo‘shimcha foydali ilovalar (masalan: hir xil
o‘simliklar yaratish imkonini beradigan dastur va b.) yaratiladi. Ushbu buyruq
sizning dasturingizga qanday ilovalar qo‘shilganini ko‘rsatadi.
13.8. Preference (Xususiyatlar) – 3D Studio Max grafik muharririning asosiy
sozlashlari.
14. MAXScript
– MAXScript dasturlashtirish tilida ssenariy yozish
buyruqlari.
15. Help (Ma’lumot)
– ma’lumotlar tizimi, shuningdek, mazkur grafik
muharrir haqida axborot beradi.
Buyruqlar paneli (command panel)
Buyruqlar paneli ekranning o‘ng qismida joylashgan va sahna
obyektlarini yaratish va tahrirlash bo‘yicha buyruqlar joylashgan oltita sahifadan
tashkil topgan. Tegishli sahifani tanlash uchun sichqonchaning chap tugmasi
bosiladi. Sahifa ichidagilar bosh menyuda takrorlanadi.
Buyruqlar panelining tuzilishi:
1. Create (Yaratish) sahifasi
: Ushbu sahifada turlicha ikki va uch o‘lchovli
obyektlar yaratish buyruqlari, bo‘laklar tizimi, yorug‘lik manbasi, kamera,
yordamchi obyektlar, hajmiy deformasiyalar va boshqalar joylashgan.
2. Modifu (O‘zgartirish) sahifasi
: Ushbu sahifada yaratilgan obyekt
parametrlari (uzunlik, kenglik, segmentlar soni va b.), shuningdek, geometrik
obyektlarni o‘zgartirish uchun uskunalar ro‘yxati (modifikatorlar) joylashgan.
3. Hierarchy (Ierarxiya) sahifasi
: Ushbu sahifada obyekt koordinatasining
lokal markazini o‘zgartirish buyrug‘i joylashgan. Bundan tashqari, bu erda
ob’eklarning inversiyali kinematikasi bilan ishlash buyruqlari bo‘ladi.
4. Motion (Harakat) sahifasi
: Ushbu sahifa ani-matsiyalangan obyektlar
bilan ishlashga mo‘ljallangan.
5. Display (Displey) sahifasi
: Ushbu sahifada sahna obyektlarini
vaqtinchalik yashirish va qayd qilish buyruqlari joylashgan.
6. Utilities (Utilitalar) sahifasi
: Ushbu sahifada sahna obyektlari bilan
ishlash uchun qo‘shimcha utilitalar joylashgan. Masalan, reactor – dinamik
obyektlar yaratish, MAXScript – ssenariylarni dasturlashtirish va b.
Buyruqlar panelidagi obyektlar bilan ishlashda, obyektlar haqidagi axborotlar
va ularni tahrirlash uchun buyruqlar joylashgan (rollouts) bo‘lmalari paydo bo‘ladi.
Har bir bo‘lma o‘z nomiga hamda “+” (yopish bo‘lmasi) va “-” (ochish bo‘lmasi)
belgilariga ega.
5.20-rasm. Bo‘lma ko‘rinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |