Operatsion blokdagi asosiy xonalarning vazifasi:
Operatsiya xonasi va operatsiyadan oldingi xonaning jihozlanishi yuqonda
qayd qilingan edi. Operatsiya xonasiga kirish oldida joylashgan bunday xona
hamma operatsion bloklarda, hatto uchastka kasalxonasida ham bo'lishi shart.
Operatsiyadan oldingi xonada xirurg va operatsiya
hamshirasi qo'llarini yuvib, dezinfeksiya qilib operatsiyaga tayyorlanadi.
Ko'pincha undan asboblami sterilizatsiya qilishda ham foydalaniladi. Narkoz
operatsiya xonasida ham berilishi mumkin. Apparatxonaning to'g'ridan-to'g'ri
operatsiya xonasi bilan bog'liq bo'lishi mumkin emas. Ammo ular orasida
ikkiyoqlama aloqa bo'lib, bemorning asosiy ko'rsatkichlari yoritilgan tabloda o'z
aksini topishi mumkin.
Hozirgi paytda operatsiya uchun asboblar to'plami va miqdori shunchalik
ko'pki, ularni saqlash va foydalanish uchun maxsus xona ajratish talab qilinadi.
Asboblarning operatsiyadan oldingi xona, sterilizatsiya xonasi va hokazolarning
shkaflarida saqlanishini to'g'ri deb bo'lmaydi, chunki bu ulardan foydalanishni
qiyinlashtiradi. Ba'zi hollarda xona havosining namligi asboblarning buzilishiga
olib keladi. Asboblar ayrim qismlarga ajratilgan holda shisha shkaflarning
javonlariga terib qo'yiladi.
Operatsion blokning ishlab chiqarish xonalaridan ikkitasi alohida e'tiborni
talab qiladi: A. Avtoklav xonasi - choyshablar va bog'lov materiallari
sterilizatsiya qilinadigan joy. Operatsiya xonasiga xizmat qiladigan avtoklavlar
operatsion blokda joylanishi va katta operatsion hamshiraning bevosita nazorati
ostida ishlashi lozim. B. Sterilizatsiya qilish xonasi. Bu xonada asboblar uchun
sterilizatorlar bo'ladi va u issiqlik manbalari bilan ta'minlangan (elektr, gaz va
b.). U operatsiya xonasi yonida yoki ikkita operatsiya xonasi o'rtasida joylashgan
bo'lib, ular steril asboblami uzatish uchun qilingan tuynuklar yordamida
biriktiriladi.
Hozirgi kunda operatsiya xonalarini infeksiyadan saqlash uchun ularga
begona kishilarni (talabalar, vrachlar, kursantlar) qo'yish man qilinadi. Ular
televizor yoki oynali to'siq orqali operatsiyani kuzatadilar. Operatsiyada
qatnashuvchi kishilar (xirurg, uning yordamchisi, anesteziolog va hamshiralar)
qatliq sanitariya-gigiyenik nazorat ostida bo'ladilar. Sanpropusknikda qayta
kiyinish xonasi bo'lib, yechiladigan kiyim uchun alohida shkaflar va
xodimlarning operatsiya vaqtida kiyadigan maxsus kiyimlarini alishtirishlarl
uchun ko'chma pardalar bo'lishi kerak. Bunday xonaning yo'qligi operatsion
blokni rejalashtirishdagi katta kamchilik bo'lib, odatda aseptikaning qo'pol
buzilishiga olib keladi. Operatsiya xonasiga ko'chada yurilgan oyoq kiyimi bilan
kirish man qilinadi. Operatsion brigadaga bakteriya va suyuqlik kirmaydigan
qalin impregnatsiya qilingan paxtali ashyodan (legilen) tayyorlangan bakteritsid
kiyim beriladi. Operatsiya kiyimi faqat shu yerda ishlatiladi, shuning uchun
operatsiya kiyimining rangi boshqa kiyimlardan farq qilishi (masalan, yashil
rangda bo'lishi) kerak. Tibbiy qalpoq sochni bekitib turishi kerak. Burun, og'iz,
iyakni berkitib turadigan niqob filtr rolini bajaradi. Burun chekkalarini o'rab
turishi uchun niqobniig maxsus metallik moslamasi bo'ladi. Niqob to'rt yoki bundan ko'p
qavatli doka yoki paxta raatodan tayyorlanadi. Burun va og'izni berkitib
turadigan niqobdan tashqari, xodimlar hayot faoliyati davomidagi chiqindilarni
chiqarib tashlaydigan maxsus moslamalar ixtiro qilingan. Ayrim o'ta toza
operatsiyalarda (yurakni ko'chirib o'tkazish, yurakka klapanlar quyish)
operatsiya qiladigan jarrohlar va hamshiralar maxsus kiyim va shlyomlar
kiyishadi, ularning peshonalariga doimo yengil shabada kelib turadi. Nafas bilan
chiqarilayotgan havo va ter xodimlar yuzi va bo'ynidan vakuum nasoslar
yordamida tortilib, xonadan tashqariga uzatiladi. Shlemga operatsiya qiluvchilar
bilan gaplashish, aloqa qilish uchun moslama o'rnatilgan. Bu sistema ishonchli
aseptikani vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |