Kataloglardan nusxa olish. Agar "F5" tugmachasini bosganda tanlangan nomlar guruhida commander ham bo‘lsa, u ushbu katalogning va unda bo‘lgan hamma fayllarning nusxasini oladi. Agar "Include sub directories" rejimi yoqilsa, (buning uchun kursorni ushbu yozuvdan chapdagi ramkaga ko‘chirish va probel (bo‘sh joy) tugmachasini bosish kerak, bunda kursorning o‘rnida X belgisi paydo bo‘lishi kerak). Unda ko‘rsatilgan katalogni hamma ostki kataloglari ularda bor bo‘lgan barcha fayllar bilan birgalikda nusxa olinadi. Boshqacha qilib aytganda, bunda ajratilgan katalogda o‘sib turgan kataloglar daraxtining, bu kataloglarda yotgan barcha fayllari bilan birgalikdagi nusxalari ko‘chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |