Tahrir qilish rejimidan chiqish. Tahrir qilish rejimidan chiqish uchun quyidagi tugmachalardan foydalanish mumkin:
"F10" yoki "Esc" - tahrir qilish rejimidan chiqish;
"Shift" + "F10" - tahrir qilingan faylni saqlab qolish va tahrir qilish rejimidan chiqish.
Agar siz "F10" yoki "Shift" tugmachasini bossangiz, faylda diskda saqlab qolinmagan o‘zgarishlar bo‘lsa, ekranga diskda faylni saqlab qolish kerakmi, degan so‘rov paydo bo‘ladi. "", "" tugmachalari yordamida zarur javobni tanlab olish, keyin esa "Enter" tugmachasini bosish kerak bo‘ladi. Tanlangan javoblar quyidagi ma’noga ega bo‘ladi: Save - tahrir qilingan fayl saqlab qolinsin va tahrir qilish rejimidan chiqilsin; Dont save - tahrir qilingan faylni saqlab qolmay, tahrir qilish rejimidan chiqish; Continue editing - tahrir qilish rejimidan chiqilmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |