Norton Commander panellarini boshqarish
Norton Commander panellarini boshqarish uchun tugmachalarning quyidagi kombinatsiyalarini ishlatish mumkin.
Ctrl+O - panellarni ekrandan chiqarib tashlash yoki panellarni ekranga chiqarish;
Ctrl+P - panellardan birini (joriy bo‘lmaganini) ekrandan olib tashlash, panelni ekranga chiqarish;
Ctrl+U - panellarning joylarini almashtirish;
Ctrl+F1 - chap panelni ekrandan olib tashlash yoki chap panelni ekranga chiqarish;
Ctrl+F2 - o‘ng panelini ekrandan olib tashlash yoki o‘ng panelni ekranga chiqarish.
Alt+F1 - chap panelda boshqa disklarning nomini chiqarish;
Alt+F2 - o‘ng panelda boshqa disklarning nomini chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |