Ekranga chiqarishni to‘xtatish
Agar DOSning buyrug‘i ekranga haddan tashqari ko‘p axborot chiqarib yuborayotgan bo‘lsa, uni to‘xtatish uchun "Ctrl"+"C" tugmachalari kombinatsiyasidan foydalanish mumkin. Ushbu tugmachalarni qaytadan bosish axborot chiqarishni tiklaydi.
Boshqa dasturlar uchun ekranga axborot chiqarishni Ctrl+Numlock tugmachalarini kombinatsiyasini bosib to‘xtatish mumkin. Bajarishni davom ettirish uchun istalgan tugmachani bosish kerak.
Buyruqlarni bajarishdagi tanaffus (pauza)
DOSning buyrug‘i bajarilayotganda ekranda Strike any key when ready| (Tayyor bo‘lganingizda istalgan tugmachani bosing) yoki Strike any key to continue (Davom ettirish uchun istalgan tugmachani bosing) xabari paydo bo‘lsa, ishni davom ettirish uchun istalgan harf yoki raqam tugmachasini, probel yoki Enterni bosish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |