Hisoblash tizimining tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Hisoblash texnikasining dasturiy va apparat ta’minotini alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiq.
Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi.
Apparat ta’minot
Dasturiy ta’minot tarkibi
Dasturiy ta`minot kompyuter tizimining ajralmas qismidir. Bu texnik vositalarning mantiqiy davomi. Muayyan kompyuterni qo’llanish doirasi u uchun yaratilgan dasturiy ta’minot bilan belgilanadi. Kompyuterning o’zi biron bir dastur xaqida ma’lumotga ega emas. Ushbu bilimlarning barchasi kompyuterlarda ishlaydigan dasturlarda to’plangan. Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti millionlab dasturlarni o’z ichiga oladi-o’yinlardan tortib to ilmiy dasturlargacha.