Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg’ona filiali TT va KT fakulteti Dasturiy Injiniringi yo’nalishi 653-18 guruh talabasi
Luqmonov Shohabbosning
“ Operatsion tizimlar ” fanidan tayyorlagan
4-laboratoriyasi LABORATORIYA ISHI – 4
Windows operatsion tizimini o’rnatish
Amaliy qism:
BIOS sozlamalari
1. Kompyuterni qayta yoqing va kompyuter ishga tushirilayotganda Delete tugmasini bir necha marta bosib BIOS ga kiring.
3. Barcha o’zgarishlarni saqlash uchun “F10” tugmasini bosing va chiqqan oynada “Yes” tugmasini bosing.
4. Qayta yoqilishdan so’ng sistema o’rnatilishi boshlanadi.
Sistema o’rnatilishi
1. Windows 10 da jarayon til tanlashdan boshlanadi. Kerakli tilni tanlab “Next” ni bosing.
2. Keyingi oynada tasdiqlash belgisini bosib “Next” tugmasini bosing.
3. Quyidagi chiqqan oynada “Custom” ni tanlaymiz. Chunki biz OS ni noldan boshlab o’rnatyapmiz.
4. Quyida chiqqan oynada sistema o’rnatiladigan vinchester va bo’limni tanlaymiz.
5. Shundan so’ng, o’rnatish jarayoni boshlanadi va taxminan o’n daqiqa davom etadi. Jarayon tugashi va kompyuter qayta yoqilishini kuting.
6. Qayta ishga tushirish paytida BIOS ga yuqoridagi kabi kiring va yuklash ustuvorligini o’zgartiring. Endi qattiq diskni birinchi o’ringa qo’ying va yana «F10» tugmachasini bosing.
7. Kompyuterni qayta ishga tushirgandan so’ng sistemaning asosiy parametrlarini sozlash uchun «Settings» bandini tanlang.
8. Yangi oynada standart sozlamalarni o’zgartirishni xohlamasangiz «Use Express Settings» ni tanlashingiz mumkin. Agar asosiy sozlamalarni o’zgartirmoqchi bo’lsangiz «Custom» ni tanlang.
9. «Custom» bandini bosish orqali dasturlar va drayverlarni avtomatik yangilash parametrlarini hamda internetdagi maxfiylik sozlamalarini o’zgartirishingiz mumkin.
10. Keyingi oynada biz Windows dasturlariga joylashuvimizni kuzatishga ruxsat berish-bermaslikni, shuningdek shaxsiy ma’lumotlarimizdan uchinchi tomon dasturlarida foydalanishni ruxsat berish-bermaslikni tanlaymiz.
11. Tizimni sozlagandan so’ng, «Create a new account» tugmachasini bosish orqali Microsoft da akkaunt yaratamiz.
12. Keyingi oynada ismingiz, familiyangizni kiriting va Microsoft pochta xizmatlaridan birida pochta qutisini yarating.
13. Keyin qayta tiklash imkoni bo’lishi uchun zaxira elektron pochta manzilini yoki mobil telefon raqamini kiriting.
14. Keyingi oynada captchani kiriting va Microsoftdan yangi mahsulotlar haqida bildirishnoma olish to’g’risidagi galochkani olib tashlang.
15. So’ngra, bizdan akkauntni tasdiqlashni taklif etadi. Chap tomondagi “I can’t do this right now” tugmasini bosish orqali rad etamiz.
16. Keyingi oyna bizning fotosuratlarimiz, hujjatlarimiz va sozlamalarimiz kabi ma’lumotlar zaxira sifatida Microsoft bulut xotirasiga ko’chirilishi haqida xabar beradi. Siz uni «Turn off these OneDrive settings» tugmasini bosish orqali o’chirib qo’yishingiz mumkin.
17. Yakunda «Next» tugmasini bosing va shu bilan o’rnatilish yakunlanadi.