Reja:
1. Operatsion audit haqida tushuncha va uni tashkil etishning huquqiy asoslari.
2. Operatsion auditni natijalarini umumlashtirishning ahamiyati va zarurligi.
3 Operatsion audit ishlarini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketmaketligi.
4. Operatsion auditni o’tkazish tartibi.
1.Operatsion audit haqida tushuncha va uni tashkil etishning huquqiy hamdanazariy jihatlari
Har qanday tushuncha, ayniqsa ilmiy atama o’zining mohiyatini ifodalovchi ta’rifiga ega bo’lishi lozim. Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida quyidagicha keltirilgan:
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va ushbu qonun-ning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Birinchi ta’rifda auditning tafsiloti keng bayon etilgan bo’lsa, so’ngisida auditorlik faoliyati tekshiruv o’tkazish jarayoni bo’lishidan tashqari professional xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan.
O’zbekistonda davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish qonun bilan taqiqlangan.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa hatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar etkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi.
Shuningdek, Qonunning 4-moddasiga muvofiq «auditor yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida, auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir».
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.
Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko’ra auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
Buxgalteriya hisobotlari buxgalteriya apparati, boshqa iqtisodiy xizmatlar va korxona bo’limlari, hamda ishlab chiqarish bo’linmalaridagi ko’p sonli xodimlarning uzoq davom etgan va mashaqqatli mehnatlari natijasi hisoblanadi. Hisob axborotlari va ular asosida tuziladigan hisobotlarning ishonchliligi va sifati dastlabki hisobning qanday tashkil etilganligiga, hujjatlashtirish intizomining qanchalik mustahkamligiga va umuman korxona hisob siyosatining qay darajada malakali tuzilganligiga ko’p jihatdan bog’liq.
Buxgalterlik amaliyotini o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, ayrim korxonalarda buxgalterlar malakasi etishmasligi oqibatida dastlabki hujjatlarga ishlov berish, guruhlash va buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri (yoki butunlay) aks ettirmasdan (asosan pul va hisob-kitob muomalalari), ularni devonxona papkalarida saqlab qo’yish bilan cheklaniladi. Natijada, hisobotlarni tuzishda ko’plab chalkashliklar, noaniqliklar, joriy hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlaridagi nomuvofiqliklar yuzaga keladi. Agar buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga talab darajasida e’tibor qilinganida, bunday chalkashliklar paydo bo’lmas edi.
Shuning uchun buxgalterlik hisobining qay darajada tashkil etilganligi va yuritilayotganligini, buxgalterlarning malakasi va intizomini, dastlabki hujjatlarga ishlov berilish sifati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalarini aks ettiruvchi buxgalterlik yozuvlarining to’g’riligini aniqlamasdan, yuqorida qayd etilgan asosiy vazifani hal etish mumkin emas.
Operatsion audit bilan moliyaviy hisobot auditi o’rtasida uchta asosiy farq mavjud. Buni quyidagi 1-chizmada ko’rish mumkin:
1-chizma. Operatsion audit bilan moliyaviy hisobot auditi o’rtasidagi farqlar.
Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi. Shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga bevosita ta’sirko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.
Agar audit oldiga xo’jalik tizimiga yuqori samaradorlik va mehnat unumdorligi darajasiga chiqish uchun yordam berish maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, ichki xo’jalik auditorlarining kuchi bilan ichki xo’jalik nazorati usullarining samaradorligini testdan o’tkazish operatsion auditning elementini tashkil qiladi. Masalan, xodimlarning kvalifikatsiya darajasini tekshirish - bu ham operatsion audit, agar masala faqat kompaniya o’z mahsulotini samarali va unumli ishlab chiqarayotgan yoki yo’qligini aniqlashga qaratilgan bo’lsa.
Quyida ko’rib o’tiladigan farqlardan tashqari, yana shuni aytish kerakki, moliyaviy hisobot auditi o’tgan davrni hisobga olib ish yuritsa, operatsion audit xo’jalik faoliyatining kelajagiga taalluqli bo’ladi. Masalan, operatsion audit tufayli xomashyolarni sotib olishda xarajatlarni kamaytirish uchun, biron-bir mahsulot minimal narxda xarid qilinayotganligi yoki yo’qligini baholash mumkin.
Ichki xo’jalik nazoratni baholashda moliyaviy hisobot auditi bilan operatsion audit o’rtasida ikkita muhim farq mavjud:
Ichki xo’jalik nazoratni testdan o’tkazish va baholash maqsadlaridagi farq;
Ularning ish ko’lamidagi farqi.
Moliyaviy hisobot auditida ichki xo’jalik nazorat tizimini baholashdan asosiy maqsad - bu tekshiruv masshtablarini aniqlashdir. Operatsion audit uchun esa bu maqsad shu nazorat tizimining unumdorligi va samaradorligini baholashdan hamda ma’muriyat uchun tavsiyanomalar berishdan iborat.
Ichki xo’jalik nazoratini baholash moliyaviy hisobot auditida moliyaviy hisobotning aniqligiga ta’sir etuvchi savollarga javoblar bilan chegaralangan bo’lsa, operatsion auditda nazoratning har qanday turi samaradorlik va unumdorlikka ta’sir etishi ko’rib chiqiladi. Masalan, operatsion auditda mahsulotlarning reklama kataloglaridan foydalanish oqibatidagi haqiqiy unumni aniqlash uchun marketing bo’limlari foydalanadigan hisob siyosati va muolajalarini o’rganib chiqish mumkin.
Unumdorlik va samaradorlik nuqtai nazaridan ichki xo’jalik nazoratiga baho beruvchi operatsion auditning uchta asosiy kategoriyalari mavjuddir. Operatsion auditning turlarini quyidagi 2-chizmada ko’rsatishga harakat qilamiz:
Funktsional audit – faoliyat turlarini vazifalar bo’yicha tasniflash mumkin. Masalan, ishlab chiqarish funktsiyasi va etkazib berish funktsiyasi bor. Funktsiyalarni tasnif qilishning ko’plab usullari mavjud, masalan buxgalteriya hisobining funktsiyalari. Biroq, pul mablag’larini qabul qilish va xarajat qilish, hisob-kitoblarni amalga oshirish funktsiyalari ham mavjud.
Funktsional audit, o’z nomidan kelib chiqib, xo’jalik tizimining bir yoki bir qancha funktsiyalari uchun tegishli bo’ladi. Masalan, uning yordamida biron-bir bo’lim yoki umuman kompaniya bo’yicha pul hisobotlari funktsiyasini tekshirish mumkin.
Funktsional auditning e’tiborli tomoni shundaki, u auditorlarning ixtisoslashishiga imkon beradi. Ba’zi ichki xo’jalik auditorlari ishlab chiqarish texnologiyasi kabi sohalarda yuqori darajali bilimga erishishlari bilan, ular o’zlarining vaqtlaridan shu sohaning auditi uchun samarali foydalanishlari mumkin. Funktsional auditning kamchiligi shundan iboratki, bunda funktsiyalar o’rtasidagi bog’liqlikni baholash imkoni yo’q. Zero, o’sha ishlab chiqarish texnologiyasi tayyor mahsulot ishlab chiqarish funktsiyasi va xo’jalik tizimining boshqa funktsiyalari bilan o’zaro uzviy bog’liq.
Tashkiliy audit. Odatda, xo’jalik tizimining operatsion auditida uning belgilangan bir tarmog’i yoki tashkiliy bo’limi: bo’lim, tarmoq yoki qaram kompaniya o’rganiladi. Tashkiliy auditda asosiy e’tibor funktsiyalarning o’zaro qanchalik mahsuldor va samarali ekanligini aniqlashga qaratiladi. Auditning bu turi uchun faoliyatning tashkiliy rejasi va muvofiqlashtirish usuli juda muhimdir.
Shundan kelib chiqib biz quyidagi 3-chizmada O’zbekiston sharoitida nazorat tizimini ko’rsatishga harakat qilamiz.
3-chizma. Moliyaviy nazorat tizimi.
Maxsus audit. Operatsion auditning maxsus vazifasi ma’muriyat ehtiyoji bilan aniqlanadi. Bunday audit nihoyatda turli-tumandir. Misol qilib, ma’lumotni elektron qayta ishlash tizimining samarasizlik sabablarini aniqlashni, biron-bir bo’limda jinoyat yuz berishi mumkinligini o’rganishni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini pasaytirish bo’yicha tavsiyanomalar taklif qilishni ko’rsatish mumkin.
Ma’lumki, bizning korxonalar faoliyatida bu funktsiyalarning asosiy qismi iqtisodiy bo’limlarga yuklatilgan edi. Bozor iqtisodi sharoitiga o’tish bilan O’zbekistonda bu sohada ham ancha o’zgarishlar yuz berdi. Bunga muvofiq yuqori davlat nazorat organi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Nazorat inspektsiyasi tashkil etildi. Bu organ ob’ektlari bo’lib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ma’muriy va moliyaviy nazorat bo’yicha komissiya va qo’mitalar hamda nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi a’zolari hisoblanadi.
Auditorlik faoliyati sohasida olib borilgan ishlarga qaramay, nazoratning auditorlik tashkiloti bo’yicha o’rganishni talab qiladigan ko’proq masalalar borki, bular fikrimizcha, operatsion auditni tashkil qilishning xususiyatlari; operatsion audit uslubiyotini ishlab chiqish va ishchi hujjatlaridan foydalanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |