Natura o‘lchovlari – hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning xarakatlarini natura holida ifodalash uchun xizmat qiladi.
Mehnat o‘lchov birligi – mahsulotni ishlab chiqarish yoki sarf qilingan mehnat sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘lchov birligi bo‘lib minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab chiqarish me’yorlari, mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash imkoni natura o‘lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda ishlatiladi.
Pul o‘lchov birligi – korxonaning moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq, mahsulotning aniq turlarini tayyorlash, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga doir xarakatlarni hisoblash imkonini beradi. Bu vazifani O‘zbekiston Respublikasida milliy valyuta so‘m va uning tiyini bajaradi. Pul o‘lchovi yordamida boshqa ko‘rsatkichlarni olish, ulardan hosila ko‘rsatkichlarni korxona darajasida ham iqtisodiyot darajasida ham hisoblash mumkin.
3-4 . Hisobot ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talablar
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt hisobot davrida o‘z mablag‘lari holatini aniqlab, mablag‘ga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganib borish va ularni shakllantirish uchun choratadbirlarni ishlab chiqadi. Buxgalteriya hisoboti yordamida tashkilotlarning (mulk shaklidan qat’i nazar) mablag‘lari ma’lum bir sanaga aniqlanib chiqiladi. Hisobotda aks ettiriladigan ma’lumotlar buxgalteriya hisobi yozuvlarida aks ettirilgan bo‘lishi kerak, chunki buxgalteriya hisobotidagi ko‘rsatkichlar, asosan, tegishli schotlardan olinadi.Har bir hisobot davri ma’lumotlari asos uchun olinib, tegishli hisobot shakllarida o‘z ifodasini topadi. Hisobotlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, unda respublikada qabul qilingan qarorlarning bajarilishini aks ettirishidir.
Hisobotni tuzish uchun tayyorgarlik ishlari ilk bosqichida moddiy javobgar shaxs hisobotlarining to‘g‘riligi tekshiriladi va bu haqda buxgalteriya xodimi tovar hisobotlariga ularning tekshirilganligi, to‘g‘riligini tasdiqlab o‘z imzosini qo‘yadi. Hisobotning to‘g‘ri, sifatli bo‘lishi bevosita hujjatlar aylanishini bir me’yorda tashkil qilishiga bog‘liqdir.
Ikkinchi bosqich, hisobot davri bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalariga berilgan buxgalteriya yozuvlarini tegishli jurnalorder bo‘yicha hisobot davrining oxiriga bo‘lgan qoldiqlarini aniqlash ularda ko‘rsatilgan summalar miqdori, turlari bo‘yicha bir-biriga tegishliligini ta’minlab berishning bajarilishi kiradi.
Uchinchi bosqichda amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tasdiqlovchi jurnal-orderlarga asosan sintetik va analitik schotlar bo‘yicha aylanma (oborot) vedomostlarni tuzish ishlari bajariladi.
Diyorbek, [15.02.2022 23:37]
56) Asosiy vositalarning inventarizatsiya qilish tartibi
O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq, korxonalar o'z aktivlari va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishiari lozirn. Inventarizatsiyaning maqsadi korxona asosiy vositalarining haqiqatda borligini va sifat holatini aniqlash, texnik hujjatlar (transport, tavsifnoma, loyihalar)ni tekshirish va buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini oydinlashtirishdan iborat
Korxona, tashkilot va muassasalarda asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish «Inventarizatsiyani tashkil etish va o'tkazish» nornli 19-son BHMA va «Asosiy vositalar» nornli 5-son BHMAga asoslanadi. «Buxgalteriya hisobi va hisoboti to'g'risidagi Nizom»ga muvofiq, asosiy vositalar inventarizatsiyasi bir yilda karnida bir marta yillik hisobot tuzishdan oldin o'tkaziladi. Asosiy vositalar inventarizatsiyasi haqiqatda borligini va sifat holatini aniqlash texnik hujjatlarini tekshirish va buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan taqqoslash maqsadlarida o'tkaziladi. Inventarizatsiyani
81 korxona rahbari buyrug'i bilan tayinlangan inventarizatsiya komissiyasi o'tkazadi va moddiy javobgar shaxs ishtirokida asosiy vositalar inventarizatsiya qilinadi. Olingan ma'lumotlar inventarizatsiya vedomostiga yozilib, buxgalteriyaga topshiriladi. Vedomost 2 nusxada tuzilib, komissiya a'zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan irnzolanadi.
Diyorbek, [15.02.2022 22:44]
60) Nomoddiy aktivlarni baholash tartibi
Barcha turdagi nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi boshlang‗ich qiymat
bo‗lishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ushbu qiymat bo‗yicha qabul qilinadi.
Haq evaziga sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‗ich qiymati
quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
a) huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi
(sotuvchi)ga to‗langan summalar;
b) huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati
bilan amalga oshirilgan ro‗yxatdan o‗tkazish yig‗imlari, davlat bojlari, patent
bojlari va boshqa shunga o‗xshash to‗lovlar;
c) bojxona bojlari va yig‗imlari;
d) nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to‗lanadigan soliqlar va
yig‗imlar summalari (agar ular qoplanmasa);
e) nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‗liq axborot va maslahat
xizmatlari uchun to‗langan summalar;
f) nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to‗lanadigan
haqlar;
g) asosiy vositalar obyektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug‗urtalash
bo‗yicha xarajatlar;
h) aktivdan maqsadga ko‗ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish
bilan bevosita bog‗liq boshqa xarajatlar.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‗lash bilan bog‗liq xarajatlar
(akkreditiv ochish bo‗yicha xarajatlar, o‗tkazmalar uchun bankning vositachilik
haqi, nomoddiy aktivlarni chet el valyutasiga sotib olish chog‗ida valyuta
konvertatsiyasi bo‗yicha vositachilik haqi va bankning boshqa xizmatlari), sotib
olish bo‗yicha kontraktlarni tayyorlash va ro‗yxatdan o‗tkazish bilan bog‗liq
xarajatlar hamda aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‗liq bo‗lmagan boshqa
xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‗ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‗lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinishi kerak.
57. O`rnatilgan uskunalarni hisobga olish
Qurilayotgan (ta’mirlanayotgan) kapital qo‘yilma obyektlarida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan va montajni talab qiluvchi texnologik, energetik va ishlab chiqarish asbob-uskunalarning (shuningdek, laboratoriya, tajriba moslamalari va ustaxonalar uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar) mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0710 “O‘rnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy”
0720 “O‘rnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy”.
Montajni talab qiluvchi asbob-uskunalarga ularning qismlari yig‘ilganidan so‘ng va fundamentga yoki tayanchga, polga, qavatlar o‘rtasidagi ustunlarga va boshqa bino va inshootlarning konstruksiyalariga mustahkamlangandan so‘ng ishga tushiriladigan ko‘tarma asbob-uskunalar shuningdek, shu kabi asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari kiradi. Bunday asbob-uskunalar tarkibiga shuningdek, nazorat-o‘lchov apparatlari yoki o‘rnatiladigan asbob-uskuna tarkibida yig‘ish-o‘rnatish uchun mo‘ljallangan boshqa asboblar kiradi.
O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0700) montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalar: transport vositalari, mustaqil turuvchi stanoklar, qurilish mexanizmlari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, ishlab chiqarish vositalari, inventarlar, o‘lchov asboblari va boshqalar hisobga olinmaydi. Montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni xarid qilish xarajatlari ular sug‘urtalovchiga kelib tushishi bilan bevosita 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotida aks ettiriladi.
Asbob-uskunalar o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)da sug‘urtalovchi omborlariga ushbu qiymatliklarni yetkazib berish va tayyorlash xarajatlari hamda xarid qilish (tayyorlash) baholari qiymatidan tashkil topadigan haqiqiy xarid qilish tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi.
Sug‘urtalovchining ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari hisobiga kiritilgan asbob-uskunalarni kirim qilish 0710 “O‘rnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy”, 0720 “O‘rnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy” schyotlarining debeti va 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
58. Kapital qo`yilmalarini hisobga olish
Sug‘urtalovchining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga investitsiyalari, shuningdek, mahsuldor va ishchi hayvonlarning asosiy podasini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0810 “Tugallanmagan qurilish”;
0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish”;
0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish”;
0840 “Asosiy podani tashkil qilish”;
0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar”;
Oldingi tahrirga qarang.
0860 “Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar”;
0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida (qurilish pudrat yoki xo‘jalik usulida amalga oshirilishdan qat’i nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblarida va titul ro‘yxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.
0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotida asosiy vositalarni xarid qilish, o‘rnatish va yig‘ish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” schyotida nomoddiy aktivlarni xarid qilish yoki sug‘urtalovchining o‘zida yaratilishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
0840 “Asosiy podani tashkil qilish” schyotida: asosiy podaga o‘tkaziladigan xo‘jalikdagi yosh ishchi hayvonlarni o‘stirish bo‘yicha xarajatlar; asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi ishchi hayvonlarning qiymati, shuningdek, ularni yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar; boshqa korxonalardan tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xo‘jalikka yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |