Opera janrining vujudgakelishi va rivojlanishi


FRANSUA  KUPEREN  (1668-1733)



Download 11,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/129
Sana31.12.2021
Hajmi11,92 Mb.
#277163
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   129
Bog'liq
musiqa tarixi maruza matni (1)

FRANSUA  KUPEREN  (1668-1733):Fransua  Kuperen  fransuz  klavesin  maktabining 
yorqin namoyandasi. U o'z ijodida XVII asrning boshlarida shakllangan rokkoko uslubiga 
xos bejirim nafislikni klassitsizm bilan ajoyib tarzda uyg'nlashtira oldi. Fransua Kuperen 
1668-yil 10-noyabrda  Parijning taniqli fransuz musiqachilari oilasida dunyoga keldi. Bu 
avlod  XVII—XVIII  asrlar  davomida  shuhrat  qozongan  edi.  Kelajakda  «le  grand*  — 
«ulug'»  nomini  olgan  Fransua  Kuperen  1685-yilda  Parijdagi  Avliyo  Gervatsiya 
cherkovining  organchisi  sifatida  ishga  qabul  qilindi  (umrining  oxirigacha  ushbu 
lavozimda  ishladi).  Uning  organchi  sifatida  qozongan  shuhrati  klavesinchilik  san'atidan 
qolishmasdi.  Kuperen  qirol  oilasi  a'zolariga  klavesin  chalishni  o'rgatardi.  Kuperen 
ko'plab  qo'shiqlar  va  diniy  asarlar  yaratdi  (vokal  asarlari  va  organ  uchun  asarlar),  lekin 
dunyoviy  cholg'u  asarlar,  ayniqsa,  klavesin  uchun  pyesalar  va  trio-sonatalar  (aynan, 
Kuperen  ijodi  tufayli  Fransiyada  ommalashib  ketgan  janr)  unga  shuhrat  keltirdi  Kamer-
cholg'u  janrlari  orasida  1714—1715-yillarda  Ludovik  XIV  uchun  yozilgan  «Qirol 
konsertlari»  va  1726-yilda  yaratilgan  «Millatlar»  (Les  Nations)  trio-sonatalar  ajralib 
turadi. Eng sara asarlari kompozitorning o'zi «Les orders* («qatorlar», «ketmaketliklar ») 
deb  atagan  hamda  to'rtta  daftarda  nashr  qilgan  klavesin  suitalaridir.  Ushbu  pyesalar 
uslubiy  jihatdan  Kuperenning  barcha  kamer  ijodiyoti  singari  kontrapunkt  va  gomofon 
(garmonjik)  yozuvning  uyg'unligini  namoyish  etadi.  Bu  asarlar  bezaklarning  boyligi, 
ko'plab  melizmlari  bilan  ajralib  turadi.  1716-yilda  «L  art  de  toucher  le  clavecin*  asari 
yaratildi.  Ushbu  kitobda  keltirilgan  tamoyillar  uning  mashhur  «Klavesin  chalish 
san'ati»da o'zining amaliy ifodasini topdi. Kuperen klavesin uchun ikki yuz qirqdan ortiq 
pyesalar yozdi. Bular rnazmuni jihatidan turlicha bo'lib, kaleydoskop tarzida to'plangan.' 
        Kuperenning deyarli barcha pyesalari ma'lum nomga ega va tasviriy tavsifda. Bular 
zamondosh  erkak  va  ayollarning  portretlaridir.  Mahbubaga  bo'lgan  dil  hissiyotlari 
ifodalangan  pyesalar  —  «La  favorit  »  («Sevimli»),  «Lunikuye»  («Yagona»)  kabilar 
mavjud. Lirik obrazlar galereyasini uchratish mumkin — «Tortinchoq», «G'amgin ayol» 
pyesalari  shular  jumlasidandir.  Kuperen  «Gulga  to'lgan  bog’lar»,  «Asalarilar», 
«Ochilayotgan liliyalar», «Kapalaklar», «Chivin » kabi pyesalarda lirik manzaralarni juda 
nozik tarzda ochib beradi. 



 
       Janrli,  gohida  yumorli  pyesalar  ajralib  turadi:  «Iforli  suv»,  «O'roqchilar», 
«To'quvchilar»,  «Uzum  terayotgan  ayollar»  va  hokazo.  Fransua  Kuperenning  jahon 
musiqa madaniyati tarixida to’tgan o'rni salmoqli. Kuperen ijodini chuqur o'rgangan I.S. 
Bax  uning  dahosi  oldida  bosh  egadi.  XIX  asr  oxiri  —  XX  asr  boshlarida  ijod  qilgan 
fransuz  kompozitorlari,  impressionizm  vaqili  Klod  Debussi  timsolida  detallashtirilgan 
tovush  yozuvi  va  histuyg'uga  to'la  nozik  ijroning  ko'plab  uslublaridan  foydalanishgan. 
Agar Kuperenning ijodi fransuz klavesin maktabining cho'qqisi bo'lsa, uni yakunlovchisi 
Jon  Filipp  Ramodir.  Uning  ushbu  janrdagi  merosi  jami  oltmish  ikkita  pyesani  tashkil 
qiladi, bu asarlar tuzilganishi jihatidan undan oldingi ijodkorlarni eslatadi: o'sha shoirona 
ifodaviylik  —  «Chug'urlayotgan  qushchalar»,  «Nozik  arzlar»,  «Venetsiyalik  ayol» 
(musiqiy  portret),  «Ilhom  parilari  suhbati»  —  ikki  qismli  shakllar,  kichik  variatsiyalar, 
rondolar  kuy  tuzilganmasiga  chiroyli  biriktirilgan  melizmlar  jimjimasidir.  Biroq  bu  — 
yuzaki  va  yolg'on  o'xshashlik.  Ramoning  klavesin  ijodi  o'zining  ko'p  jihatlari  bilan 
Kuperen  merosidan  ajralib  turadi.  Musiqali  teatr  ma'lum  darajada  Ramo  ijodiga  ta'sir 
ko’rsatdi.  Uning  klavesin  pyesalari  teatrda  yaratildi,  o'zida  teatrning  belgilarini 
mujassamlashtirdi  («Sikloplar»,  «Yowoyilar»,  «Misrlikayol»,  «Tambo’rin  », 
«Soloniyalik anoyilar»). Muallif tomonidan orkestrga moslanganikkinchi suitadan jigava 
menuetlar «Kastora va Polluks» hamda «Navarralik Margarita* partituralaridan o'rin oldi. 
O'sha  suitadan  olingan  tambo’rin.  «Geba  bayramlari»  baleti  musiqasida  takrorlangan. 
«Soloniyalik  anoyilar»  «Dardanus»ning  uchinchi  pardasida  uchraydi.  O'zining  cholg'u-
teatr  aloqalari  bo'yicha  Ramoni  faqat  Gendel  bilan  taqqoslash  mumkin.  Ehtimol  mana 
shu  sababdan  u  o'zining  o'tmishdoshiga  nisbatan  kam  asar  yozgan  (Fransua  Kuperenda 
ular  ikki  yuz  qirqta).  Bu  asarlar  1706,  1722  va  1728-yillarda  nashr  qilindi.  Mazkur 
nashrlarda  beshta  suita  mujassarn  bo'lib,  hammasi  minor  tonalligida:  a-moll,  e-moll,  d-
moll, A-dur, g-moll. 

Download 11,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish