77
simfoniya ustunturadi. U jahon musiqa asarlari orasida eng mahobatli asarsifatida tan
olingan.
To'qqizinchi simfoniya inqiroz yillaridayoq o'ylab qo'yilgan edi, ammo bu g'oyani
amalga oshirish 1822-yildagina nasib etdi. Tantanavor messa (Missa solemnis) bilan bir
paytda yaratilgan.
1823-yilda Betxoven messani yaratadi, biryildan keyin esa simfoniyadunyoga keladi.
Muallif o'zining o'lmas asaridagi final qismigaxor va yakkaxon xonandalarni kiritadi.
Ularga Shillerning«Shodlik uchun» qasidasidagi quyidagi so'zlari kiritilgan edi:«Odamlar
bir-birlari bilan aka-ukadirlar!
Millionlar, bag'ringizga bosing bir-biringizni!Bir shodlikdan quvoning birga!»Bunday
ulqan g'oyalar uchun musiqada ham xuddi shundayulug'vor ifodalar topilgan edi.
To'qqizinchi simfoniya mashhur «Qaxramonona», beshinchi «Pastoral» va yettinchi
simfoniyalar, «Fidelio» operasidagi mavzularni rivojlantiradi. Baribir, bu simfoniya
Betxovenning butun ijodi orasida eng ahamiyatlisi, hamma jihatlariga ko'ra eng
mukammalidir.
Tez orada ildam yuriwchi shuhrat otib bo'ldi. Ludvigni hamma esdan
chiqardi, ko'plab o'rtoqlarining Venadan ketganiga ancha bo'lgan, ayrimlari vafot etgan.
Kompozitor yashagan uy ancha abgor ko'rinardi. Sovuq tortuvchi, namiqqan tosh
zinapoyalaruchinchi qavatga, to'g'ri ustozning xonasiga boshlab boradi.
Betxoven ko'p kuchini o'z jiyaniga yordamlashish uchun sarflab, ukasining vafotidan
keyin qo’nmagan mehrning o'rnini to'ldirishga harakat qiladi. Bu yerda ham Ludvig yana
kurashishga majbur bo'ladi. Sud.zallarida ko'p kuch va sog'lig'ini yo'qotib, jiyani Karlga
vasiylik qilish huquqi uchun kurashadi. Kompozitorni qoralovchisi bolaning onasi —
tamagir va noshuko’r ayol edi. Jiyanining o'zi ham amakisi qilgan barcha
yaxshiliklarning qadriga yetmaydi, vaholanki, u Karl bilan bog’liq bo'lgan ko'plab
iztirobli voqealardan qutilish uchun sarflanadigan mablag'larni zo'r qiyinchiliklar bilan
topar edi. Betxovenning yaqin do'stlarining favqulodda yordami bilan 1824-yil 7-mayda
To'qqizinchi simfoniya ijro etiladi. Bu voqea yana bir jihati bilan e'tiborliki, musiqa
ishqibozlari tomonidan ijro etilgan qo'shiqlar o'ziga xos shuhrat topadi.
Vaholanki, bu
paytda, ayniqsa, ijodining so'nggi davrlarida asarlarida favqulodda chuqurlik va
ulug'vorlik bor edi. Orkestrga Umlauf dirijorlik qiladi. Kompozitorning o'zi esa, garchi
bu davrda eshitish qobiliyatini butunlay yo'qotgan bo'lsa-da, rampa yonida turar, har bir
qismga shiddat bag'ishlab turardi. Omma kuchli hayajonda edi, hamma yoqnigulduros
qarsaklar sadosi egallaydi. Musiqachi va qo'shiqchilar simfoniya muvaffaqiyatidan
hayajonda qolishadi. Faqat bir kishigina hayajonli qiyqiriqlarga nisbatan beparvo, oldingi
holatida turardi. U bularni eshita olmas edi, xolos. Uning miyasida simfoniyaningijrosi
davom etardi. Linger nomli yosh qo'shiqchi kompozitorningoldiga yugurib keladi, lining
qo'lidan ushlab yo’zini ommaga qaratadi. Ana shundan keyingina u o'z asarining
muvaffaqiyatigaishonch hosil qiladi.
Shunga qaramay, moddiy natijalar juda arzimas bo'lib chiqadi.Imperator va saroy ahli
konsertga kelishmagan edi. Qimmatbahojoylarni egallab o'tirgan a'yonlar uning haqini
to'lash kesakliginieslab ham qo'ygani yo'q. Boshqa yig'imlar esa harajatlarni zo'rg'azo'rg'a
qoplaydi. To'qqizinchi simfoniyaning ikkinchi ijrosi yarim bo'sh zalda o'tadi. Bu o'sha
paytdagi
omma didini, aniqrog'i, didsizliginiyana bir marta tasdiqlab turardi.
O'limidan biroz oldin Betxoven o'z ukalaridan biri lojganningyoniga boradi. Ludvig bu
baxtsiz safarni loganni jiyani Karlga atalgan vasiyatiga ko'nitirish uchun rejalashtirgan
edi. Istagan natijasiga erisha olmagan Betxoven darg'azab holda uyga qaytadi. Bu
sayohat
uning taqdirida hal qiluvchi bo'ldi. Qaytayotgan paytdaLudvig qattiq shamollab qoladi,
shundan keyin u oyoqqa turolmaydi, uning madori butunlay qurigan edi. Bir necha oy
og'iryotganidan keyin Ludvig van Betxoven 1827-yilning 26-martida vafotetadi. Vena,