SH.GUNO VA FRANSUZ MUSIQA MADANIYATI, J.BIZE KARMEN
OPERASI
Sh.Guno ijodining XIX-asr ikkinchi yarmida Frantsuz musiqa tarihidagi
ahamiyati.
Sh.Gunoning “Lirik opera” uslubidagi yutuqlari
Sh.Gunoning hayoti va ijodi
Sh.Gunoning “Faust” operasi bilan tanishish
Sh. Guno va Frantsiya musiqa madaniyati
SHARL GUNO IJODI (1818-1893)
Sh.Guno XIX-asar Frantsiya musiqa madaniyatida lirik opera janrini yetakchisi
sifatida dunyoga mashhur bo`lgan. Bu romantik yo`nalishning bir turi edi. Sh. Guno 12
opera, 100 ortiq romans va qo`shiq, erkaklar xori uchun asarlar, 3 simfoniya, cholg`u
pe’ssalari va diniy mavzudagi asarlari bilan o`z nomini qoldirdi.
Sh.Guno 1818-yilda Parijda tug`ildi. Uning oilasida onasi fortepianoni yaxshi chalar
edi. Yoshligidan mashhur kompozitorlar asarlarini sevib tinglar edi. U Parij
konservatoriyasida o`qiyotgan paytida 1839-yilda Rim premiyasiga sazovor bo`ldi, va
1842-yilgacha Italiya va Germaniyada yashash xuquqiga ega bo`ldi. U yerda olgan
ta’surotlari Sh.Gunonining “Estaliklar” kitobida uchratamiz. 1850-yillarda u o`zining
yo`nalishini belgilab mashhur asarlar yoza boshladi. Asosan Parij musiqa hayotidagi
demokratik shakllar yo`nalishida asarlar yozgan. Chunki sakkiz yil davomida
“orfeonistlar” jamiyatini boshqarib ularga turli xor asarlari yozgan. Buning natijasida
frantsuz shahar qo`shiqlari va romanslarini ohang yo`nalishi qalbiga singib, keyinchalik
opera ariyalarida qo`llagan.
Bu davrda yozgan operalari 1851-“Safo”, 1854-“Qonga belangan rohiba”, 1858- “
Хoxishiga qarshi bo`lgan tabib”. Bu operalar uning “Faust” nomli mashhur falsafiy
operasini yaratilishida negiz bo`ldi. 1859-yilda “Faust” operasini yozdi va frantsuz opera
san’atida – lirik opera janri paydo bo`ldi. Bu opera “Grant Opera” saxnasida qo`yildi. Bu
operaga keyinchalik “Valpurg oqshomi” balet saxnasini qo`shdi. Bu operadan keyin
1860-“Filemon va Bavkida” lirik komik opera, 1860-“Kabutarcha” komik opera, 1862-
“Sev Malikasi” va 1864-“Mire’l” lirik operasini yozdi. Uning mashhur asarlaridan
“Rameo va Djuletta” lirik operasi, 1867-yilda yozilgan. Sh.Guno Gyote va Shekspirning
“Fojiya” asarlari asosida uning lirik yo`nalishini namayon qildi. 1870-yillardan boshlab
opera janridan kechib kichik shaqidagi asarlar yoza boshlaydi. Uning ohirgi asarlari kam
ahamiyatga ega operalaridan “Sen-Mar”, “Polievkt” va “Dengiz ne’mati” shu bilan birga
diniy mavzudagi asarlaridan, 1882- “Gunohni yuvish”, 1884- “O`lim va hayot”
qo`shiqlari. 1893 – yilda vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |