F.LIST IJODIDA ETUDLAR, “SARGARDONLIK YILLARI”, SI MINOR F-
NO SONATASI
F.List- ijodining venger xalq musiqasiga asoslanishi
Fortepianoning simfonik orkestr sifatida talqin qilinishi
Venger rapsodiyalari, Etudlari, «Sargardonlik yillari» fortepiano turkumi
FORTEPIANO IJODI. “TRANSKRIPTSIYA”, “SARGARDONLIK
YILLARI”
Fortepiano ijodi uning hayotida katta qismni egallaydi. F. List ijrochilik va
kompozitorlik xususiyatlari asarlarida mujassamlashgan. Fortepiano registrining
barchasini qo`llashga harakat qiladi. “Sargardonlik yillari” asari (asli nomi Ziyorat qilish
yillari) deb nomlangan. 1835-1854 yillarda birinchi 1838-1859 yillarda ikkinchi, 1867-
1877 yillarda esa uchunchi yil fasllari yozilgan. Bu asarlar Bayronning “Chayld-Garold
sargardonligi” asari asosida yozilgan. Bu tsiklda har-bir asar List ijodiga xos xolda
programmalashtirilgan.
Masalan
“Vallenshtad
ko`lida”,
“Irmoqda”,
“Jeneva
qo`ng`iroqlari”, bu asarlar tabiat manzarasini tasvirlaydi. Bundan tashqari qaxramonlik
tavsifdagi pe’ssalardan “Vilgelm tel qo`ng`iroq xonasi”, “Jala” asarlarida akkord oktavali
possajlar va punktir usul badiiy obrazni yaratadi. TSikldagi markaziy asarlardan
“Oberman adrligi” pe’ssasi bo`lib, romantik tavsifga ega. “Sargardonlik yillarining”
ikkinchi yilida Rafael va Mikelanjolo rasmlari asosida yozgan. Masalan “Niqoxdan
o`tish”, “Donishmand”, “Tetraarkning ikki soneti” va tsikl oxirida – Fantaziya sonata
Danteni o`qib va qo`shimcha sifatida “Venetsiya va Niapol”. “Venetsiya va Niapol”
1861-yilda yozilib zamonaviy o`sha davrda mashhurohanglarni transkriptsiyalari edi.
Masalan “Malla soch kemachada”, Rossiniy “Otello” operasidan Gondoler qo`shig`i asos
bo`lgan.
“Uchunchi Sargardonlik yillari” yettita pe’ssadan iborat. Unda qayg`u va
afsuslanish, Хudoga murojat qilish mavzusi asosiy o`rin egallagan. U “Qudratli kuchga
ega tabiatni yaratganni qayg`usini va har mavjudot o`limga mahkumligini ko`rsatmoqchi
edi”. “Uchunchi Sargardonlik yillari” pe’ssalar tsiklida “Motom marshi”, “Har-bir ishdan
ko`z yosh”, “Angelyus”, “Osmonga ko`tarilgan yuraklar” deb nomlangan pe’ssalardan
iborat.
F.List transkriptsiyalari. Transkriptsiya mashhur kuy va qo`shiqlarni fortepiano
uchun moslash. Bu uslubda F.List bir qancha mashhur kompozitorlar asarlarini
fortepiano uchun qayta ishlagan. Masalan Shubert, Betxoven, Verdi, Bax, Veber, Vagner.
Bu transkriptsiyalar List tomonidan mohirlik va texnik jihatdan mukammal tavsifdagi
asarlar bo`lib, uning asosida programmali yo`nalish yetakchilik qilgan. Fortepianoni
simfonik asarga o`xshatish uning ijrochilik va ijodiy yangiliklaridan biri edi. Bu bilan
pionizm resurslarini ifoda vositalarini kengaytirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |