Mushuk bilan chumoli
Juda ham semirib, yiltillab ketgan Mushuk yo‘l yoqasida mudrab o‘tirgan ekan. Ashula aytib, ishga ketayotgan Chumoli Mushukni ko‘rishi bilan jimib qolibdi-da, qadamini sekinlatibdi. Qo‘rqqanidan emas, Mushukni uyg‘otmaslik uchun shunday qilibdi.
Ozmi-ko‘pmi vaqt o‘tib, mushuk uyg‘onibdi. Ko‘zlarini chala-chulpa ochib qarasa, Chumoli og‘zida don olib kelayotgan edi. U Mushukning oldiga yetganida donni yerga qo‘yib salom beribdi.
— Hormang, Miyov xola! — debdi.
— Hali horiganimcha yo‘q, qora qiltiriq, -debdi Mushuk, — Faqat zerikib o‘tiribman, xolos.
— Ishlamasangiz zerikasiz-da, — debdi kulib Chumoli. — Men mehnat qilib zerikmayman.
— Nega endi men ishlar ekanman?! -debdi Mushuk ensasi qotib. — Egam bor -ne g‘amim bor. Sen sho‘rlik bo‘lsang baxtsizsan. Chunki seni boradigan uying, yuvibtaraydigan, silab-siypaydigan egang yo‘q.
— Bu gapingiz xato, Miyov xola, — debdi Chumoli ranjib, — men siz o‘ylagandek baxtsiz emasman, baxtliman. Chunki mehnat qilishga yetadigan kuch-quwatim, g‘ayratim bor. Kimki mehnat qilmasa, o‘sha baxtsiz.
Mushuk o‘ylab qarasa, bahsda yengilib qoladigan. Shuning uchun ham gapni boshqa yoqqa burishga harakat qilibdi.
— Hazillashdim, Chumolivoy, — debdi u. — Men ham baxtliman. Sichqon ovlayman.
— Sichqonni onda-sonda ovlaysiz-da! Har kuni mehnat qilsangiz…
— Gaping to‘g‘ri, — debdi Mushuk. – Men har kuni mehnat qilmayman. Chunki, birinchidan, doim qornim to‘q. Ikkinchidan, sichqonni egamdan qo‘rqqanimdan ovlayman.
— Demak, ayyor ekansiz. – Chumoli shunday deb donni olibdi-da, yo‘lida ketaveribdi. Terlab-pishib borar ekan, o‘zicha: «Yaxshiyam egam yo‘q, boMmasa Mushukka o‘xshab yalqov, ayyor bo‘lib qolarkanman». deb o‘ylabdi.
Mushuk bo‘lsa, Chumolining ortidan qarab turib: «Yaxshiyam egam bor ekan, bo‘lmasa men ham Chumoliga o‘xshab tinim bilmas ekanman», debdi o‘ziga o‘zi.
Yo‘lbars bilan tulki
Kunlardan bir kun tulki to‘qayzorda och yo‘lbarsga duch kelib qolibdi. Yo‘lbars bo‘kiribdi, tulki bo‘lsa qo‘rqqanidan turgan yerida qotib qolibdi. «Agar uni aldamasam ajalim yetdi», — debdi tulki o‘ziga-o‘zi. Nima qilish kerak?
Yo‘lbars tashlanay-tashlanay deb turibdi. Shunda tulki o‘zini qo‘rquvdan emas, kulgidan titrayotgan qilib ko‘rsatib: «Ha-ha-ha!» deb qulibdi.
Yo‘lbars hayron bo‘lib yerga o‘tiribdi-da:
— Nega kulayapsan? — deb so‘rabdi.
— Sen bechoraning holingga kulayapman-da! — deb javob beribdi tulki zo‘rma-zo‘raki kulgancha
— Nima? Senga kulayapman, deysanmi? — deb bo‘kiribdi yo‘lbars.
— Albatta, senga kulayapman-da! — debdi tulki. — Sen bechora hozir meni yemoqchi bo‘layapsan, mening bo‘lsa kulgim kelayapti. Ha-ha-ha! Axir sendan endi hech kim qo‘rqmaydiku! Lekin mendan hamma qo‘rqadi, hatto odamlar ham qo‘rqishadi!
Yo‘lbars o‘ylanib qolibdi: «Balki uning gapi to‘g‘ridir? Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, tulkiga tegish xavfli-ku!»
— Ishonmayotganga o‘xshaysan, — debdi tulki. — Yur, bo‘lmasa, agar odamlar mendan qo‘rqishmasa, meni dum-pumim bilan yeb qo‘yaqol.
Yo‘lbars rozi bo‘libdi, so‘ng ikkovlari yo‘lga tushishibdi. Dehqonlar shahardan qaytib kelayotgan yo‘lga yaqin borishibdi.
— Tez-tez yur, orqada qolma! — deb qichqiribdi tulki va o‘zi oldinga tushib yuguribdi.
Yo‘lbars katta-katta qadam tashlab, tulkining orqasidan boraveribdi. Odamlar qarashsa bahaybat yo‘lbars ular tomon kelayotgan emish. Birdan qiy-chuv ko‘tarib qichqirishibdida, bor narsalarini tashlab qocha boshlashibdi.
Shunda baland o‘sgan o‘tlar orasida ko‘rinmay ketgan tulki bo‘ynini cho‘zib yo‘lbarsga qichqiribdi:
— Xo‘sh, ko‘rdingmi? Odamlar dumimning uchini ko‘riboq shunchalik Qo‘rqib ketishdi. Senga hech kim qaragani ham yo‘q!
Ahmoq yo‘lbars uyalganidan tumshug‘ini quyi solibdida, astoydil xafa bo‘lib o‘z to‘qayzoriga qarab ketibdi. Endi tulki uning ustidan rostakamiga kulibdi.
Yetti dangasa
Do'stlaringiz bilan baham: |