4 - LABORATORIYA ISHI
OQOVA SUVNI KOAGULYASIYA VA FLOKULYASIYA
USULIDA TOZALASH
Ish bajarishdan maqsad: suvdagi juda mayda bekorchi Oqova suvlarni koagulyasiya va flokulyasiya usulida tozalash kurilmasini sxemalash.
Qo‘shimchalarning cho‘kishini fizik-kimyoviy usulda tezlatish oqova xamda oqova suvdagi zarrachalarning koagulyantlar va flokulyantlar ishtirokida chukishi kinetikasini topish.
Flotatsiya, koagulyasiya va flokulyasiya fizik-kimyoviy tozalash usuliga kiradi.
Flotatsiya – oqova suvga aralashgan solishtirma og‘irligi suvning solishtirma og‘irligidan kichik bo‘lgan bekorchi qo‘shimchalarni suv yuzasiga qalkib chiqish jarayoni. Bu jarayon havo pufakchalari yordamida tozalanadi, ya’ni zarrachalar xavo bilan pufakcha-zarracha majmuini xosil qilib suv yuzasiga qalkib chikadi.
Suvda havo pufakchalari qaysi usulda xosil qilinishiga qarab flotatsion tozalashning quyidagi usullari ma’lum:
Havoni mayda-mayda pufakchalar tarzida yuborish
yo‘li bilan flotatsiya qilish.
Havo bilan o‘ta tuyintirilgan suv yordamida xosil
qilingan pufakchalar bilan flotatsiya qilish.
Elektroflotatsiya.
Flotatsiya samarasi pufakcha-zarracha kompleksining pishiqligiga bog‘liq, bu narsa pufakcha va zarrachalarning katta-kichikligi, ularning fizik-kimyoviy xossalari, flotatsiya jarayonining gidrodinamik shart-sharoitlarga bog‘liq.
Kompleksni buzib yuborish uchun ma’lum ish bajarish kerak:
A=δ(1 - cosΘ)
bunda Θ – namlanish chetki burchagi;
δ - suyuqlikning sirt tarangligi.
(1-cosΘ) - flotlanuvchi deb ataladi, chunki u flotatsiya jarayoni qanday borishini ko‘rsatadi. Agar zarracha suv bilan yaxshi namlansa, u holda Θ → 0, Sos Θ → 1 ga intiladi, u holda (1 - cosΘ) → 0 ga intiladi, ya’ni flotatsiya nulga yaqin bo‘ladi. Zarrachalar suv bilan yaxshi namlanmasa, chetki burchagi Θ → 90°S ga yaqin bo‘ladi, cos Θ manfiy qiymatga ega bo‘ladi; u holda (1 - cosΘ) ning qiymati eng katta bo‘ladi.
SHunday qilib, zarracha suv bilan qanchalik yaxshi nomlansa, xavo pufakchasi zarracha yuzasidagi suvni shunchalik oson siqib chiqaradi va zarrachaga birlashib oladi. Flotatsiya usuli oqova suvni neftdan, surkov moylardan, neft maxsulotlaridan tozalashda qo‘llaniladi. Bu jarayon olib boriladigan apparat flotator deb ataladi.
Koagulyasiya – dispers zarrachalarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi natijasida yiriklashishi va birlashib agregatlar hosil qilishi jarayonidir.
Oqova suvlarni koagulyasiya qilish usulida tozalash ma’lum reagentlardan foydalanishga asoslangan. Bunday reagentlar, ya’ni koagulyantlar tariqasida alyuminiy va temir tuzlari ishlatiladi. Suvga koagulyantlar qo‘shilganda kolloid zarrachalar zaryadlari neytrallanadi va ularning agregatlanish barqarorligi kamayadi. Bundan tashqari, koagulyantlarning gidrolizlanishi natijasida suvda kam eruvchan alyuminiy va temir gidroksidlari hosil bo‘ladi. Bu xil gidroksidlarning solishtirma yuzasi katta bo‘lib ular bekorchi qushimchalarni adsorblaydi va cho‘kmaga tushiradi.
Polidispers sistemalarda dispers zarrachalar koagullanishi monodispers sistemalardan tezroq boradi, chunki yirik zarralar cho‘kayotganda ancha mayda zarrachalarni ham ilashtirib ketadi. Zarrachalarning shakli ham koagullanish tezligiga ta’sir etadi. CHo‘zinchoq zarrachalar dumaloq zarrachalardan ko‘ra tezroq koagullangan.
Agregatlanish jarayonini tezlatish, agregatlarning cho‘kmaga tushish tezligini ko‘paytirish, suvning tiniqlanish darajasini oshirish uchun xam flokulyantlar deb ataluvchi yuqori molekulyar moddalar ishlatiladi. Suvda erimaydigan zarrachalarning flokulyantlar yordamida yiriklanish jarayoni flokulyasiya deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |