O'nlik, yuzlik minglik va ko'p xonali sonlar konsentrida arefmetik amallarni o'rgatish metodikasi
Reja:
O‘nlik, yuzlik, minglik va ko’p xonali sonlar konsentrida arifmetik amallarni o‘rgatish metodikasi.
Burchaklar va ularning turlari.
Insert stadi metodidan foydalanib 1 soatlik dars ishlanma yozing
3-sinf uchun matematikadan 10 test tuzing
Ulushga ko’ra butunni topishga doir 5 masala yechish
1.O’nlik,yuzlik,minglik va ko’p xonali sonlar konsentrida arifmetik amallarni o’rgatish metodikasi.
O’nlik mavzusida arifmetik amallarni o’rganish.
Mavzuni chuqur o’rgatishda oldimizda turgan asosiy maqsadlarquyidagilardan iborat:
1)qo’shish va ayirishning mazmuni bilan tanishtirish;
2)hisoblashni ongli ravishda bajarish;
3)10 ichida qo’shib ayirishda o’quvchi juda tezkor javob berishiga erishish;
Ushbu mavzuni bir nechta bosqichga bo’lib o’rganamiz.
1-bosqich.Tayyorgarlik bosqichi.Qo’shish va ayirish amalining mazmunini ochib berish.Nomerlashni o’rgatish. Bunda sonlar o’zidan oldingi songa 1 ni qo’shish orqali hosil bo’lishi yoki 1 ni ayirishdan hosil bo’lishi singdiriladi. 0+1=1; 1+1=2; 2+1=3….
3-1=2; 2-1=1; 1-1=0…
2-bosqich. a+2; a+3; a+4 ko’rinishidagi misollarni hisoblash usullari bilan tanishtiriladi.
3-bosqich.a+6; a+7; a+8; a+9 ko’rinishidagi misollarni hisoblash usullari o’rgatiladi.
Bu hisoblash usullarini o’rgatish jarayonida qo’shiluvchi,yig’indi kabi tushunchalar bilan tanishadilar. O’quvchilar 5+3=8 , 3+5=8 kabi misollarni yechish orqali o’rin almashtirish xossasi bilan tanishadilar.
4-bosqich.a-6; a-7; a-8 ko’rinishidagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish.Bunda hisoblash usullari yig’indi bilan qo’shiluvchilar orasidagi bog’lanishlarni bilishga asoslangan.
dan 10 gacha bo’lgan sonlar ustida arifmetik amallarni o’rganish bosqichidan so’ng, 10 dan 20 gacha bo’lgan sonlar ustida arifmetik amallarni o’rgatish boshlanadi va bosqichma-bosqich o’rgatib boriladi.
Ko’p xonali sonlarni qo’shish va ayirish bir vaqtda o’rganiladi. Darslikda qo’shish va ayirish hollari qiyinligi ortib boradigan tartibda kiritiladi: sekin-asta xona birliklaridan o’tish sonlari ortib boradi, nollarni o’z ichiga olgan sonlar kiritiladi, uzunlik, massa, vaqt va boshqa birliklarda ifodalangan sonlarni qo’shish va ayirish o’rganiladi.
Bir nechta sonlarni qo’shishda qo’shiluvchilarni guruhlab qo’shish usulidan foydalaniladi.
24+36+62+38=160
(24+36)+(62+38)=60+100=160
Ko’p xonali uzunlik,vaqt,massa o’lchovlari bilan ifodalangan sonlar ustida ham arifmetik amallar bajarish o’rganiladi.
38 m 55sm +22m 65sm=60 m 120sm=6120 sm
Ko’p xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lish uch bosqichda amalga oshiriladi.
41 * 50=50 *(40+1)=(50 *40)+(50* 1)
=2000+50=2050
Birinchi to’liqsiz ko’paytmani topamiz;
Ikkinchi to’liqsiz ko’paytmani topamiz;
Ikkalasini qo’shamiz.
2.Burchaklar va ularning turlari.
Burchaklarning o’tkir, to’g’ri,o’tmas va yoyiq
Turlari bor.
To’g’ri burchak
To’g’ri burchak deb gradus o’lchovi 90ᵒ ga teng burchakka aytiladi. To’g’ri burchak to’g’ri to’rtburchak shaklidagi varaqning burchagi kabi mukammal burchak shaklida bo’ladi.
Yoyiq burchak
Yoyiq burchak deb gradus o’lchovi 180ᵒ ga teng burchakka aytiladi.Yoyiq burcha to’g’ri chiziq ko’rinishida bo’ladi.
O’tkir burchak
O’tkir burchak deb gradus o’lchovi 90ᵒdan kichik bo’lgan burchakka aytiladi.
O’tmas burchak
O’tmas burchak deb, gradus o’lchovi 90ᵒ dan katta, ammo 180ᵒ dan kichik bo’lgan burchakka aytiladi.
3.Insert stadi metodidan foydalanib 1 soatlik dars ishlanma yozing.
Dars maqsadi: Dars maqsadiga kompetensiyaviy yondashuv
a)Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga qavsli misollar qanday yechilishini o’rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsad: Dars jarayonida o’quvchilarga ta’lim-tarbiya, odob-axloq fazilatlarini shakllantirish asosida belgilanadi.
s) Rivojlantiruvchi maqsad: Dars jarayonida o’quvchilar bilimidagi bo’shliqni to’ldirish,bilim,ko’nikma,malakasini oshirish,bilim sifatini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Darsda qo‘llaniladigan metodlar: Insert stadi metodi
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Darslik,texnik vositalar,slaydlar,ko’rgazmali va didaktik materiallar.
Tashkiliy qism:
-O’quvchilar bilan salomlashish;
-Sinf xonasini ko’zdan kechirish va davomatni aniqlash;
-O’quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish;
-O’quvchilarni axborot xabarlari bilan tanishtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash):O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
Yangi mavzuni tushuntirish:
Agar songa yig’indi yoki ayirmani qo’shish kerak bo’lsa, ular qavs ichiga yoziladi.Qavs ichida berilgan amallar birinchi bajariladi.
10+(3+4)=10+7=17
(6+4)-5=10-5=5
Yangi mavzuni mustahkamlash:Qavslar mavzusini mustahkamlashda Insert stadi metodidan foydalaniladi.Bunda o’quvchilarning o’zlari mavzuni yoritib beradilar.Ularning xato va kamchiliklari to’ldirib boriladi.
Texnik vositalar yordamida o’quvchilarga elektron darslik qo’yib beriladi. Tarqatma materiallar tarqatiladi.
O‘quvchilarni baholash: Darsda yaxshi qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.
Uyga vazifa berish: Darslikdagi 8-misolni bajarib kelish.
4. 3-sinf uchun matematikadan 10 ta test tuzing.
1)Ko’paytuvchilarning o’rni almashsa ko’paytma o’zgaradimi?
a)kamayadi b)o’zgarmaydi d)ko’payadi
2)Ifodaning qiymatini toping: (120-90):3=
a)10 b)20 d)1
3)velosipedchi har soatda 16 km dan yurib, 96 km masofani bosib o’tdi.U necha soat yo’l yurgan?
a) 4 b)5 d)6
4)Iroda yanvar oyida 217 betli kitobni o’qidi.U har kuni kitobning necha betini o’qigan?
a)7 b)6 d)5
5) 31:7= ifodaning qoldig’ini toping
a)3 b)4 d)5
6)Mashina 1 soatda 80 km yursa, 4 soatda necha kilometr bosib o’tadi?
a)240 b)400 d)320
7)Noma’lum sonni toping: X*6=800-200
a)10 b)1000 d)100
8)70 dm necha metr?
a)700 b)70 d)7000
8)3 soat 45 minut necha minutga teng?
a)225 b)325 d)220
9)Radiusi 25 mm bo’lgan doiraning diametrini toping.
a)40 b)50 d)60
10)Santimetrda ifodalang: 3 m 4 dm 6 sm
a)3460 b)34600 d)346
Ulushga ko’ra butunni topishga doir 5 masala yechish
1-masala
Lola 80 betli kitobning 4dan 1 qismini o’qidi.
U yana qancha bet o’qishi kerak?
80:4=20 80-20=60 bet
2-masala
12 kg qulupnayning 4 dan 3 qismini va 2 kgmini murabbo qilishdi.Necha kg qoldi?
12:4=3 3*3=9 9+2=11 12-11=1 kg
3-masala
Nargiza kutubxonadagi 5 ta kitobni o’qidi. Agar u kutubxonadagi kitoblarning 10 dan bir qismini o’qigan bo’lsa, kutubxonada nechta kitob bor?
5*10=50 ta
4-masala
Anvar likopchadan 6 ta olmani oldi.Agar u olmalarning 3 dan 2 qismini olgan bo’lsa, likopda nechta olma bo’lgan?
6:2=3 3*3=9 ta
5-masala
30 litr sutning 6 dan 5 qismini sotishdi. Necha litr sut qoldi?
30:6=5 5*5=25 30-25=5 litr
Do'stlaringiz bilan baham: |