MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu:Ravishlarning yasalishi. Ravish yasovchi qo‘shimchalar imlosi)
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga ravishlarning yasalishi , ravish yasovchi qo‘shimchalar imlosi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Ona Vatanni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekanligini o’quvchilarga uqtirish,Vatanga munosib farzand bo’lishga undash.Vatan ravnaqi yo’lida fidoiylarcha mehnat qilishga chaqirish. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
4- topshiriq. Matnni o‘qing va unga munosabat bildiring.
„Vatanga qasamyod“ haykali
2010- yil 12- yanvarda Toshkent shahrida „Vatanga qasam-yod“ haykali ochildi. U Qurolli kuchlar muzeyi oldidagi „Ja-sorat“ bog‘ida barpo etilgan. Haykalning balandligi 12 metr bo‘lib, unda egilgan holda Vatanga sodiqligi haqida qasamyod qilayotgan askar siymosi aks etgan. Bu haykal avlodlarga mardlik va matonat ruhini bag‘ishlaydi. Bu haykal chuqur ma’noga ega. Undagi askar xalqini mardlarcha qo‘riqlaydigan sodiq farzand timsolidir.
Mazkur majmua Vatanga sadoqat, mardlik va jasorat mad-hiyasi hamda el-yurt himoyachisi bo‘lgan fidoyi insonlarga hurmat va ehtirom ramzidir.
Bilib oling!
-larcha, -ona, -an, -cha, -lab qo‘shimchalari bilan yasalgan ravishlar harakat-holatning qay tarzda baja-rilishini bildiradi va qanday? qay holda? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Masalan: qahramonlarcha, qardoshlarcha, mardona, do‘stona, tasodifan, taxminan, qisqacha, yangicha.
5- mashq. Berilgan so‘zlarga -larcha, -ona, -an, -cha, -lab qo‘shim-chalaridan mosini qo‘shib yozing va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Harf, vijdon, eski, o‘zbek, fidokor, sharq, oy, bola, daftar, mard, fidokor.
6- mashq. Gaplarni ko‘chiring. Tub, yasama ravishlarni ajratib ko‘rsating.
Ko‘p tingla, oz so‘zla. 2. Sizga do‘stona maslahatim shuki, kechirimli bo‘ling. 3. O‘zbek milliy akademik drama teatrida „O‘zbekcha raqs“ spektaklini tomosha qildik. 4. To‘satdan harbiy xizmatdagi akam kirib keldi. 5. Otam fidokorona mehnati uchun munosib taqdirlandi. 6. Tanlovda qatnashish uchun ko‘p kitoblar o‘qib chiqdim. 7. Ko‘chada tasodifan do‘stimni uchratib qoldim. 8. Ko‘p o‘qigan — ko‘p bilar.
7- mashq. Matnni o‘qing va topshiriqlarni bajaring. Vatan himoyasi
Yurt himoyasi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk bo-bolarimizning jasorati biz uchun ibratdir. Jumladan, xorazmlik ulug‘ alloma Najmiddin Kubroning Vatan himoyasi yo‘lidagi qahramonligi xalqimiz xotirasida abadiy yashab kelmoqda. Rivoyat qilishlaricha, Chingizxonga qarshi jangda avliyo bobomiz bayroqni shu qadar mahkam ushlagan ekanlarki, uning o‘limi-dan keyin shogirdlari hatto kuch bilan ham bayroqni ustozining qo‘lidan ajratib ololmagan ekanlar. Bu Najmiddin Kubro bobo-mizning qalbidagi Vatanga bo‘lgan mustahkam e’tiqod belgisi edi. Bu e’tiqodni hatto o‘lim ham yenga olmadi. Bu e’tiqod bugungi va kelajak avlodlar uchun chinakam ibratdir.
D)Mustahkamlash
5- topshiriq. Matndan foydalangan holda savollarga javob bering.
Biz kimlardan ibrat olishimiz kerak?
Xalq qahramoni Najmiddin Kubro kimga qarshi ku-rashgan?
Najmiddin Kubro haqida yana nimalarni bilasiz?
F)Baholash
Uyga vazifa. Internet materiallaridan foydalanib, xalq qahramonlari haqidagi ma’lumotlarni yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |