Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet74/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf


Mavzu: Olqor Damin ,,Birinchi muallim”
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga qo‘shma so‘zlar, ularning yasalishi va imlosi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2. Ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalash,ustozlar berayotgan ta’lim-tarbiyaning qadriga yetishga chaqirish. “Ustoz - otangday ulug’” shiori ostida tarbiyalash: farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
7- topshiriq. Berilgan rasm asosida suhbatlashing.
8- mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga e’tibor bering.
Maktabga birinchi kelgan kunimni tez-tez eslayman. O‘qi-tuvchimiz bizni kutib olib, bir qator qilib sinfga olib kirganlar. Keyin bo‘yimizga qarab, partaga ikkitadan o‘tqazganlar. Ular qo‘l-larimizni parta ustiga qo‘yib o‘tirishga, yonimizda o‘tirgan do‘s-timizga xalaqit bermaslikka o‘rgatganlar. Dars vaqtida orqadagi va oldingi partalarda o‘tirganlar bilan gaplashishga sira ruxsat ber-mas edilar. Papkalarimiz parta tagida, kitob-daftarimiz parta usti-da turar edi. Shu tartib-intizomga hali-hali rioya qilaman.
Bilib oling!
O‘zbek tilida qo‘shma so‘zlar quyidagi hollarda ajratib yoziladi:
1. Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat qo‘shma so‘zlar: Quyi Chirchiq, Markaziy Osiyo.
2. Ikki fe’ldan yasalgan qo‘shma fe’llar: chiqarib olmoq, borib kelmoq.
3. Fe’l bo‘lmagan so‘zga fe’lning qo‘shilishidan yasal-gan qo‘shma fe’llar: yod olmoq, kasal bo‘lmoq.
9- mashq. Berilgan qo‘shma so‘zlarni qo‘shib yoki ajratib yozi-lishiga ko‘ra 2 guruhga ajratib yozing.
Sirdaryo, boshyalang, hamma vaqt, har kim, umumxalq, xushfe’l, ommabop, kamhosil, makkajo‘xori, tinchliksevar.
10- mashq. Gaplarni o‘qing. Qo‘shma so‘zlarni aniqlang va yozi-lishini izohlang.
1. O‘zbekiston bayrog‘idagi havorang musaffo osmon va bar-qaror tinchlik ramzidir. 2. Respublikamizda har kim bilim olish huquqiga ega. 3. Xalqimiz tinchliksevar va mehnatsevar xalq.
4. Mehmondo‘st o‘zbek xalqi hamisha millatlararo totuvlikni ulug‘-laydi. 5. Maktabimiz Yunusobod tumanida joylashgan. 6. O‘zbe-kiston tog‘larida shifobaxsh o‘simliklar juda ko‘p.
D)Mustahkamlash
11- mashq. Matnni o‘qing, qo‘shma so‘zlarning yozilishini tushuntiring.
Mening birinchi ustozim quyidagi so‘zlarni takror-takror ay-tar edilar: „Takrorlash — bilimlarning onasi. Chiroyli yozish uchun qayta-qayta yozib mashq qilish kerak. She’r yodlashda ham shunday. She’r satrlarini bir necha marta o‘qib, so‘ng yoddan qayta-qayta takrorlash kerak. Kimki bunday mashq qilishga erinsa, hech narsani o‘rgana olmaydi“.
Siz ham ustozingiz, ota-onangiz takror va takror aytadigan o‘gitlarini esingizda tutasizmi?
Adabiy o‘qish
Mirzo Ulug‘bekning ustozi
Rivoyat qilishlaricha, Mirzo Ulug‘bek bolalik paytida Amir Temur Rumdan chaqirib keltirgan bir donishmanddan saboq olgan. Donishmandning bir odati bo‘lib, saboq berish vaqtida boshini engashtirib, yerga qarab o‘tirar ekan. Agar shogirdi bi-ror jumlani yanglish o‘qisa, unga qarab qo‘yar ekan.
Bir kuni Mirzo Ulug‘bek kitob o‘qiyotgan edi. U: „Udda-sidan chiqmagan narsangizni nega va’da qilasiz?“ degan jumlani o‘qigach, ustozi unga bir qarab qo‘yibdi. Mirzo Ulug‘bek: „Ehtimol, yanglish o‘qigan bo‘lsam kerak“, deb jumlani diqqat bilan qaytadan o‘qibdi. Ammo ustozi bu gal ham boshini ko‘tarib, unga qarab qo‘yibdi.
Mirzo Ulug‘bek saboqdan keyin bobosi yoniga kelib:
— Bobojon, ustozimga biror narsa va’da qilgan bo‘lsangiz, darhol va’dangizga vafo qiling, — deb bo‘lgan voqeani aytib beribdi. Amir Temur nabirasining hikoyasini eshitib:
— Ustozing mendan Rumda qolib ketgan kutubxonasini olib kelishga odam yuborishimni iltimos qilgan edi. Men va’da qilgan edim, ammo yodimdan ko‘tarilib ketibdi, — debdi. So‘ng shu zahotiyoq rumlik donishmandga bergan va’dasini bajo keltirish uchun farmon beribdi.
Topshiriq: Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Biinchi ustozingiz kim edi? Ularning qaysi o‘gitlari xoti-rangizda saqlanib qolgan?
2. „Inson uchun birinchi ustoz ota-ona hisoblanadi“ degan gapning mazmunini tushuntirib bering.
3. Sodda, qo‘shma, juft so‘zlarga misollar keltiring.
4. Maktabingizda Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan qanday tadbirlar o‘tkaziladi?
F)Baholash
Uyga vazifa. Hafta ichida o‘qigan kitobingiz haqida so‘zlab bering.



Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish