Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet70/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf

Mavzu: MAHALLAM


(So‘z yasovchi qo‘shimchalarning so‘zga qo‘shilish tartibi)
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga so‘z yasovchi qo‘shimchalarning so‘zga qo‘shilish tartibi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish.
2. Vatanni sevish, vatanparvarlik, vatanga sadoqat tushunchalarini mustahkamlash. Vatan taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shishga chaqirish.Mahalla obodligiga hissa qo’shishga chaqirish,”Obod mahalla” dasturi bilan tanishtirish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish.
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
1- topshiriq. Berilgan savollar asosida o‘z mahallangiz (ko‘changiz) haqida suhbatlashing.
1. Siz qaysi mahallada yashaysiz?
2. Mahallangizni obod qilish uchun nimalar qilinyapti?
3. Mahallangizda qanday tadbirlar o‘tkaziladi?
2- topshiriq. Matnni rollarga bo‘lib o‘qing. Muomala odobiga oid jumlalarni aniqlang.
Biz Abdulla Qodiriy nomli mahallada yashaymiz. Mahalla-miz obod va juda ahil. Ko‘chalarimiz ozoda, uylarimiz shinam. Dam olish kunlarida mahallamizda tez-tez hashar o‘tkazib tu-riladi. Bugun ham dadam bilan hasharga chiqdik. Ana, sinf-doshim Aziz dadasi bilan daraxtlarni oqlashyapti.
— Hormanglar, biz ham hasharga keldik, — dedilar dadam.
— Juda yaxshi. Qani, Sherzodjon, sen o‘rtog‘ingga qarash. Biz dadang bilan idoradagi ishlarga yordam beramiz.
Biz tushgacha ko‘chadagi barcha daraxtlarni oqlab bo‘ldik. Dadam bilan Akmal amakim idora hovlisini tozalab qaytishdi.
— Biz ishimizni tugatdik, amaki, yana nima ish bor?
— Bo‘ldi, qolgan ishlarni biz o‘zimiz bajaramiz.
Har bir hashardan so‘ng mahallamiz yanada chiroyli, fayzli bo‘lib ketadi. Bizning mahallamizga mehmonga keling!
Bilib oling!
O‘zbek tilida yasama so‘zlar tarkibida bir nechta so‘z yasovchi va shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar kelishi mumkin. Ular so‘z asosiga quyidagi tartibda qo‘shiladi:
Asos + so‘z yasovchi + shakl hosil qiluvchi
olma + zor + lar + da
mahalla + dosh + lar + ga
1- mashq. Berilgan so‘zlarga mos qo‘shimchalarni qo‘shib, yasama so‘zlar yasang va namunadagidek yozing.
-chi -soz -bon -dosh -paz -don -kor
gulchi soatsoz bog‘bon sinfdosh oshpaz qalamdon bunyodkor
Tarbiya, suv, bog‘, sir, darvoza, gul, soat, havas, osh, mu-sobaqa, temir.
2- mashq. Matnlarni o‘qing. Sodda yasama so‘zlarni aniqlab, qo‘-shimchalarning qo‘shilish tartibini tushuntiring.
1. Hammasi ham mayli-ya, Ravshanning kasalxonaga tushib, musobaqaga qatnasha olmay qolgani yomon bo‘ldi-da! Barcha sinfdoshlaridan ajralib qoladigan bo‘ldi. Endi keyingi yil u musobaqaga kimlar bilan boradi-yu, qachon boshqalarga yetib oladi? Hali bir yil bor-a!
2. Shifokor Doniyorning tomog‘ini katta ochib ko‘rdi-da, dedi:
— O‘g‘lim, muzqaymoqni ko‘p yeb qo‘yibsan-ku! Doniyor
oyisiga qaradi-yu, qizarib ketdi. Axir u oyisiga aytmay, muzlat-kichdan muzqaymoq olib degan edi-da!
3- mashq. Gaplarni o‘qing. Yasama so‘zlarni aniqlab, qo‘shimcha-larning qo‘shilish tartibini tushuntiring.
N a m u n a : kun + lar + im + da
Bolalik kunlarimda, uyqusiz tunlarimda ... 2. Kitob — bi-lim manbayi. 3. Men serquyosh O‘zbekiston farzandiman. 4. Dur dona ruchka va chizg‘ichini qalamdoniga soldi. 5. Maqtanchoq bolani hech kim yoqtirmaydi. 6. Shahrimizdagi yangi bunyod etilgan oromgohni borib ko‘rdik.
D) Mustahkamlash.
4- mashq. Matnni o‘qing. Sodda, qo‘shma, juft so‘zlarni aniqlab, guruhlarga bo‘lib yozing.
Ma’naviy hayotimizni yuksaltirish haqida gapirganda ma-hallaning roli va ta’siri xususida to‘xtalish albatta o‘rinlidir. Ma’-lumki, azaldan o‘zbek mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib kelgan. O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamas-lahat o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar, avvalambor, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan. Xalqimizga xos o‘zini o‘zi boshqarish tizimining bu noyob usuli qadim-qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida joy egallagani bejiz emas. Biz „Mahalla — ham ota, ham ona“ degan hikmatli naqlni ana shu hayotiy haqiqatning ifodasi sifatida qabul qilamiz.
(Islom Karimov. „ Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch“ asaridan)
3- topshriq. She’rni ifodali o‘qing, mazmunini tushuntiring.
Dastyor qiz
Suv sepaman, supuraman, Bolalar so‘rashadi,
Uy, hovlimiz top-toza. Atrofin o‘rashadi:
Barcha yaxshi ishlarimdan — Bu yerni kim supurdi,
Ukam olar andaza. Xuddi chinni gul qildi.
Supurgini Nargiza Indamadi Nargiza,
Qo‘lidan qo‘ymas sira. U-chi, maqtanmas sira.
(Yunus Toliðov)
F)Baholash
Uyga vazifa. She’rni yod oling. Uyda qanday yumushlarni bajarishingiz haqida so‘zlab bering.

Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish