Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet69/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu:So‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda yasama so‘zlar)
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari, Sodda yasama so‘zlar haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish.
2. Vatanni sevish, vatanparvarlik, vatanga sadoqat tushunchalarini mustahkamlash. Vatan taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shishga chaqirish.davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish.
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu.
5- mashq. Matnni o‘qing, ona tilingizga tarjima qiling.
„CITY MAKON“ madaniy-ma’rifiy markazi
Poytaxtimizning Beshyog‘och ko‘chasida „CITY MAKON“ madaniy-ma’rifiy markazi bunyod etilgan. Ushbu markazda yosh-larning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun sport maydon-chasi, zamonaviy 3D formatdagi kinozal, bolalar maydonchasi mavjud. Markazda badiiy fotoko‘rgazmalar, anjumanlar, ochiq darslar o‘tkaziladi. Badiiy ijodiyot to‘garaklarida mahorat saboq-lari, ko‘rik-tanlovlar ham o‘tkazib turiladi. „CITY MAKON“ barcha yoshlarga zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘z bilim-larini oshirib borishlari uchun katta imkoniyat beradi.
Bilib oling!
Sodda so‘zlar tub yoki yasama bo‘lishi mumkin. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalari bo‘lmagan so‘z-lar sodda tub so‘zlar hisoblanadi. Masalan: anhor, terak, mahalla, ko‘chalar, uyim, bormoq.
6- mashq. Gaplarni o‘qing. Sodda tub so‘zlarni aniqlang.
1. Biz kutubxonachiga yordam berdik. 2. Bog‘bon har bir da-raxtni mehr bilan parvarish qiladi. 3. Zarb bilan tepilgan to‘pni darvozabon mohirlik bilan ushlab qoldi. 4. U sovg‘a qilingan gul-larni guldonga solib qo‘ydi. 5. Eski shaharda hunarmandlar rastasi joylashgan. 6. Avaz duradgor va temirchi ustalarning ishlarini diq-qat bilan kuzatdi.
D)Mustahkamlash
5- topshiriq. Guruhlarga bo‘lining va „Kim ko‘p biladi?“ o‘yinini tashkil qiling. O‘yin topshirig‘iga ko‘ra har bir guruh shahri (qish-log‘i)dagi yangi inshootlar haqida ma’lumot berishi kerak.
Adabiy o‘qish
Bobo va nabira
Bobo nabirasini yetaklab shahar aylandi.
— Voybo‘, bobojon, bunday katta uyni birinchi ko‘rishim.
— Bu bino Xalqaro anjumanlar saroyi bo‘lib, unda xalqaro anjumanlar, konferensiyalar o‘tkaziladi. Mana bu Toshkent ku-rantlari deb nom olgan egizak binolar esa dunyoda yagona hi-soblanadi.
Bobo barpo etilayotgan ko‘rkam binolar bilan nabirasini ta-nishtirar ekan, bunday ezgu ishlarning barchasi inson uchun, yurt ravnaqi, taraqqiyoti uchun ekanligini ta’kidladi.
Alisher bobosining so‘zlarini diqqat bilan tingladi va:
— Mening maktabim ham yap-yangi, bobojon, — dedi.

— Bolajonim, yurtimizning ulug‘ligi, xalqimizning totuvligi dunyoga mashhur. Sen ham shu yurtga munosib farzand bo‘l!


Topshiriq. Hikoyani o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1. Toshkentda mustaqillik yillarida bunyod etilgan yangi inshootlar haqida so‘zlab bering.


2. Siz qaysi inshootlarni borib ko‘rdingiz? U nimasi bilan boshqalaridan ajralib turadi?


F)Baholash
Uyga vazifa. 1. Shahringiz (viloyatingiz)dagi tumanlar nomini yozing. 2. Siz yashayotgan tuman qaysi tuman-lar bilan chegaradosh? So‘zlab bering.

Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish