MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: VATAN sh’eri
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga ravishlarning yasalishi , ravish yasovchi qo‘shimchalar imlosi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Ona Vatanni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekanligini o’quvchilarga uqtirish,Vatanga munosib farzand bo’lishga undash.Vatan ravnaqi yo’lida fidoiylarcha mehnat qilishga chaqirish. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
6- topshiriq. Matnni rollarga bo‘lib o‘qing va unga munosabat bil-diring.
Jon-u jahonimsan, Vatan!
Bobom: „Vatan — qahramonlik va jasorat tufayli mangu barqaror bo‘ladi, ilm va ma’naviyat bilan kamolga yetadi“, deb qayta-qayta o‘rgatganlar.Otam: „Vatan — botir, yengilmas o‘g‘lonlarni sevadi, haqi-qatparvar fuqarolari bilan mag‘rurlik kasb etadi“, deb takror-takror aytganlar.
Buvim: „Vatan — mehr-muhabbatda, yaxshilik va imonda. Vatanga xiyonat qilganlar xor bo‘ladilar“, deb har doim ogoh-lantirganlar.
Onam: „Vatan — tinchlik va ahillik tufayli ulug‘vor, bahodir o‘g‘lonlari bilan yengilmasdir“, deya duo qilganlar.
Do‘stim: „Vatan — sen bilan mening imonimiz butunligi, yelkadoshligimiz tufayli yanada yuksaladi. Mustaqilligimiz umr-boqiyligi birdam bo‘lishimizda“, deya da’vat etadi.
Shuni yana chuqur anglab yetdimki, Vatan mening jonimda ekan. Jondagi Vatan — bu mustaqil O‘zbekiston!
Bilib oling!
Nutqimizda qasddan, ataylab, atayin, jo‘rttaga so‘zlari maqsad ma’nosini, noiloj, noilojlikdan, chorasizlikdan so‘zlari esa sabab ma’nosini ifodalaydi. Ular nimaga? nima sababdan? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Masalan: Azamat bu ishni atayin bajarmaganini aytdi. (maqsad) Aziza noiloj kelishga rozi bo‘ldi. (sabab)
8- mashq. Berilgan gaplarga sabab yoki maqsad ravishlaridan mosini qo‘yib yozing.
1.Bu xabarni ... (ataylab, noiloj) sizga aytmagan edim. 2. U ...
(noiloj, jo‘rttaga) uyga qaytishga majbur bo‘ldi. 3. Men bunga ...
(qiynalib, chorasizlikdan) rozi bo‘lganman. 4. Dushman ...
(qiynalganidan, noiloj) aybiga iqror bo‘ldi. 5. Aziz bu ishni (bekordan bekorga, jo‘rttaga) bajarmadi.
9- mashq. Savollarga javob bergan holda gaplarni davom ettiring.
Yeriga, eliga, Vataniga loqayd munosabatda bo‘lish (qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?)
Agar milliy ma’naviy qadriyatlarimizni ham unutsak, bu (qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?)
Agar biz chegaralarimizni mustahkam qo‘riqlamasak, (na-tijada nima bo‘lishi mumkin?)
D)Mustahkamlash
Adabiy o‘qish . Vatan
Vatan, sensiz netardim men?
Devonaday ketardim men.
Gulzoridan ayro bulbul
Kabi faryod etardim men.
Onam, dedim, bolang bo‘ldim,
Ko‘ksingda oh, nolang bo‘ldim.
Muhabbating tuyib jondan
Bu dunyoda odam bo‘ldim.
Ko‘z ochib ko‘rganim sensan,
Qizg‘onib yurganim sensan.
Vujudim yo‘q bo‘lib ketar,
Jonim sensan, jonim sensan.
O‘zbekiston, O‘zbekiston,
Baxtimga bo‘l doim omon.
Doim ozod, doim obod
Ko‘rsin seni jumla jahon.
Vatan, sensiz netardim men?
Devonaday ketardim men.
Gulzoridan ayro bulbul
Kabi faryod etardim men.
(Shukur Qurbon)
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Vatan tuyg‘usi nimalarda namîyon bo‘ladi?
2. Nima uchun Vatanni „Ona-Vatan“ deb ataymiz?
3. Vatan himoyasi yo‘lida jasorat ko‘rsatgan qaysi qahra-monlarni bilasiz?
F)Baholash
Uyga vazifa. She’rni yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |